Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (14.01.2025)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 14-yanvar, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Ishlaringiz shu qadar ko‘payadiki, bosh qashishga vaqt ajrata olmay halak bo‘lasiz. Shaxsiy hayotingizda ham tashvishli lahzalar oz emas. O‘zingizni ehtiyot qiling.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Atrofdagilarga nisbatan xush muomalada bo‘ling, tabassum qilishdan charchamang va zerikmang. Shunda o‘zgalar sizni turli ayblovlar bilan bezovta qilmaydi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Bugun topilgan yangi ish kelgusida sizga bir dunyo shodlik, moddiy manfaat olib keladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Bugun kimlar bilandir bahslashishingiz, atrofdagilarga prinsipingizni namoyish eta boshlashingiz tavsiya qilinmaydi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Oilasizlar bugun romantik uchrashuvni boshdan o‘tkazishlari mumkin. Bu sizni tashvishlardan, siqilishlardan xoli etadi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Yirik xaridlar bugun muvaffaqiyatsiz kechadi. Shunday ekan, zahiradagi pullarni yaxshi kunlar uchun olib qo‘yavering.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Hamkasblaringizdan kimdir g‘iybatingizni qilib yurganidan xabar topasiz. Sukut saqlang va shu taxlit g‘alaba qiling.

Chayon (24.10 — 22.11)

Bugungi kuningiz a’lo darajada boshlanadi. Deyarli barcha istaklaringiz haqiqatga aylanadi, atrofdagilar sizni olqish va maqtovlarga ko‘mib tashlaydi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Ruhiyatingizda garmoniya mavjud, lekin bir ko‘ngli qora odam bu holatni yo‘q qilish payiga tushishi kutiladi. Bu odamga qarshi ochiqchasiga kurashishingiz kerak.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar o‘zi qachonlardir sevgan odami bilan uchrashib qoladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Tadbirkorlik faoliyatini endigina boshlaganlar yaqin hamkor topishga muyassar bo‘lishadi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Agar taqdirdan, hayotingizdan noliyversangiz, bugungi kuningiz juda og‘ir kechishi mumkin. Qalbingizga shukronalik hissini singdiring.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.