Mashhurlar
Nojo‘ya taklifni rad etib, “zapret”ga tushgan, zo‘ravon eri tufayli migrantga aylangan Nargiza Abdullayeva haqida
Aktrisa Nargiza Abdullayeva “Navo” telekanalining “13-studiya” ko‘rsatuvidagi intervyusida birinchi turmushi nima sabab o‘xshamagani, syomka jarayonlari boshlanishiga 3 kun qolganda tasdiqlangan rolidan “taklif”larni qabul qilmagani uchun chetlatilgani haqida aytib o‘tdi. Daryo bu haqda maqola tayyorladi.
“Erta turmushga chiqmang”
Ko‘rsatuvda aytilishicha, aktrisa filmdagi rolidan keyin do‘stlari bilan bahslashib unga sovchi qo‘ygan yigitga turmushga chiqadi. Shu sabab oila sevgi muhabbat bilan boshlanmaydi. Nargizaning o‘zi esa u kunlarni eslashni ham xohlamasligini, hatto tushida bo‘lsa-da, ortga qaytishni istamasligini aytadi.https://www.youtube.com/embed/ZN06WH60S6Y
—Qizlarga sovchi kelsa, 17—18 yoshda tezda turmushga chiqib ketmanglar, demoqchiman. Ota-onangizning gaplariga ozgina bo‘lsa ham quloq soling. Ular “yo‘q” deyishdimi, gaplariga kiring. O‘shanda juda yosh bo‘lganman, bilmaganman. U taraf qayta-qayta so‘rayvergani uchun turmushga chiqdim. Ma’nan ezilish juda yomon ekan. Holatingiz haqida birovga gapira olmaysiz. Tushlarimda ko‘rsam, hatto yana shu oilaga tushib qoldimmi, deb qo‘rqib ketardim. Insonlarning yuzida har xil niqobi bo‘larkan. San’atkor bo‘lganimiz uchun aybni bizdan ko‘rishlari juda ham oson. Ammo uydagi vaziyatingizni o‘zingizdan boshqa hech kim bilmaydi. Biroq bugun u kunlar ortda qolgani uchun shukronalar aytaman.
“Taklifni rad etganim uchun taqiqqa uchradim”

Ma’lum qilinishicha, aktrisa yangi bir ko‘rsatuvga boshlovchilik qilishi kerak bo‘lgan. O‘sha vaqtda unga berilgan g‘arazli taklif sabab Nargiza Abdullayeva loyihada ishtirok etishdan voz kechadi. Shundan so‘ng u filmdagi bosh rolidan ham chetlatilib, ekranlardan uzoqlashtiriladi.
—Birinchi turmushim bo‘lmaganidan keyin uy-joy, mashinalar va ikkinchi xotinlikka takliflar bo‘ldi. Ilk turmushimda narigi tomonga rozilik berib, otamning gapiga kirmaganim aybim bo‘ldi. Bunaqa takliflar bo‘lishiga qaysidir ma’noda shu ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Chunki turmushidan ajralgan ayolga turli xil shu kabi “takliflar” berilar ekan.

Syomka boshlanishiga uch kun qolganda filmdagi bosh roldan katta lavozimda ishlaydigan inson tomonidan chetlatilganman. U inson bilan gaplashmaganim uchun taqiqqa tushirgan ekan. Yo taklifni qabul qilasiz, yoki san’atdan chetlatilasiz, deyishganda “ekranlarda chiqmasam ham gaplashmayman” deb chiqib ketganman. Qaysi eshikni taqillatsam, shu sabab bilan qaytarishdi. Lekin baribir uy-joy, brilliantlarga uchmadim. Faqat o‘ziga to‘g‘ri, halol insonga turmushga chiqay, deb niyat qildim va shukurki, hozirda bunga erishdim ham.
“San’atni yaxshi ko‘rganim uchun, uning bachkanalashishini xohlamayman”
Aktrisa bugungi kundagi ayrim blogerlar haqida fikr va mulohazalarini aytib o‘tdi.
—Normal erkak xotinining orqasidan hech qachon likillab o‘ynab chiqib pul yig‘maydi. Ming bloger bo‘lsa ham bu xunuk narsa. Juda bachkana narsalar qilishadi. Turmush qurishayotganini ko‘rib shartnoma bilan oila qurishyapti deb ham o‘ylaysiz. Bu gaplarni aytishimga sabab san’atni yaxshi ko‘rishim va shu sohaning odami ekanligim. Uni yomonlashtirmang, bulg‘amang, degan ma’noda gapiraman. Bir men emas, ustozlar ham shu fikrda, shunday deyishadi. Kinoni ham blogerlar egallab ulgurdi. Ularni katta auditoriya kuzatadi, deyishadi. Lekin ularni bir million odam kuzatgan taqdirda ham 700 mingtasi yaxshi niyatda emas, o‘zining g‘araz niyatida ko‘rib boradi. Shuni bugun ko‘pchilik tushungisi kelmaydi, deydi aktrisa.

Ma’lumot uchun, Nargiza Abdullayeva 1980-yil 3-aprelda tavallud topgan. Aktrisaning san’atga qiziqishi maktab davrlarida raqs to‘garagiga qatnashishdan boshlangan. “Charxpalak” seriali orqali kino olamiga kirib keladi. Shundan so‘ng “Begona bahor” filmi, “Jiyda guli” serialida va yana qator filmlarda suratga tushgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


