Islom
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sehr-jodudan qutilish yo‘llarini batafsil bayon qilib berganlar
Jaolmiyatimizda fbin, azayimxon, sehr bilan shug‘ullanadiganlarga yordam beradigan bir toifa bor. Ular xonadonma-xonadon sadaqa so‘rab yuradigan ba’zi lo‘li xotinlardir. Bularning aksariyati shaytonlar bilan ishlab, sehr orqali, ruhiyati zaif insonlarni topib, ularni sehrlab aldash yo‘li bilan haromdan mol dunyo topadigan yolg‘onchilardir.
Ular xuddiki ilohiy taqdir bilan boshiga musibat, g‘am tashvish tushgan xonadonlardan sehrga tegishli tirnoq, soch tolasi, qulflangan qulf, tugun tugulgan ip va hokazolarni topib, go‘yoki o‘sha xonadonni katta balodan xolos qilib, o‘zlarini yordam berganday qilib ko‘rsatishadi.
Haqiqatda shundaymi?
Aslida bu bir hiylayi nayrang bo‘lib bir chalg‘itishdir xolos. Xonadonlardan topilgan narsalar sehru-joduga tegishli ashyolar bo‘lsada bu bilan xonadon ahllari boshqa bir sehr-joduga bog‘lanib qolganlarini bilmasdan, xursandliklaridan lo‘li ayolning og‘zidan chiqqan narsani o‘z ixtiyorlari bilan unga berib yuborishadi. Ma’lum bir muddat o‘tgandan keyin u xonadon egalar yana avvalgidek yoki undanda qattiqroq sehrga bog‘lanib qolishadi.
Xo‘sh, nima qilish kerak?
Bunday holatlarda albatta Qur’on va sunnatga murojaat qilib, rasmiy jome’ masjid imom xatiblaridan maslahat olish kerak. Robbimiz Qur’oni karimni moʻminlarga shifo va rahmat qilib nozil qilganligini Qur’onda marhamat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sehr jodudan mutlaqo qutilish yo‘llarini batafsil bayon qilib berganlar. Mana shu yo‘lni mahkam ushlamoq darkor.
Azizlar avvalo Alloh ta’alo barchamizni baloyu, ofatlaru-dard alamlardan panohida asrasin! Mabodo bir ruhiy bezovtalik his qilsak tilanchi lo‘lilardan emas balki ilm sohiblaridan maslahat so‘raylik. Mana shundagina osonlik bilan muammolar yechilib, mushkullar oson, hojatlar ravo bo‘ladi. Diniy e’tiqodimizga ham darz ketmaydi.
Alloh barchamizdan rozi bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lidan adashtirmasin.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


