Salomatlik
Ko‘ki qorasidan foydaliroqmi? Choy haqida keng tarqalgan xato fikrlar
Dunyo aholisi choy ichishni yaxshi ko‘radi. Aftidan, bu ichimlikning mashhurligi u haqidagi ko‘plab afsonalarni keltirib chiqarmoqda. Quyida choy haqidagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fikrlar bilan Daryo maqolasida tanishasiz.
Paketli choy quruq choydan farq qilmaydi

Vaqtni tejash uchun ko‘pchilik choy paketlaridan foydalanadi. Albatta-da, tayyor choy turganda quruq choy damlagandan ko‘ra osonroq bu. Lekin farqlar bor. Paketlar ichida butun choy barglari emas, balki maydalangan va hatto choy changi deb ataladigan narsa aralashtiriladi. Paketchali choy damlaganda o‘zimizni ichimlikning chinakam boy ta’midan mahrum qilamiz, bunday mazani faqat choy bargi berishi mumkin. Maydalanganida esa u o‘zining ba’zi xususiyatlarini yo‘qotadi.
Choyni xohlagancha saqlash mumkin
Ko‘pchilik mahsulotning saqlash muddati cheklanmagan deb hisoblaydi. Lekin bu xato fikr. Ha, muddati o‘tgan choydan oshqozon og‘rimaydi, lekin uni ishlatishdan hech qanday foyda yo‘q, chunki choy barglari o‘zining foydali xususiyatlarini yo‘qotadi, ta’mi ham o‘zgaradi. Shuning uchun paketni yaroqlilik muddatidan oldin ishlatgan ma’qul. Har bir choy turi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ko‘k choy 12 oygacha, qora choy va to‘q ulun (an’anaviy yarim oksidlangan Xitoy choyi bo‘lib, o‘simlikni kuchli quyosh ostida quritib, jingalak bo‘lishidan oldin oksidlanadi) — 3 yilgacha, yengil ulun — 2 yilgacha, oq choy — 7 yilgacha saqlanadi. Quyidagi belgilar buzilgan choyni aniqlashga yordam beradi: choy barglarida hid qolmaydi, rangi o‘zgaradi va damlangan choy ham deyarli rangsiz bo‘lib chiqadi.
Ko‘k choy ichish vazn yo‘qotishga yordam beradi

Ko‘pincha vazn yo‘qotmoqchi bo‘lganlar ushbu maslahatni eshitishadi: “Har kuni ko‘k choy iching: bu vazn yo‘qotishingizga yordam beradi”. Ammo faqat ko‘k choy ichsangiz, albatta, u metabolizmga foydali ta’sir ko‘rsatadi, lekin siz kutgandek emas — ortiqcha vazn bilan kurashish vositasi sifatida ko‘k choy deyarli mos kelmaydi.
Ko‘k choy qora choyga qaraganda foydali

Qora va ko‘k choy bir xil o‘simlikning barglari, lekin birinchi holatda ular quritishdan oldin fermentatsiyadan o‘tgan. Ko‘pchilik ko‘k choy sog‘liq uchun ko‘proq foydali deb o‘ylashadi. Biroq so‘nggi yillarda olimlar bu fikrni rad etishni boshladilar. Tadqiqotlarga ko‘ra, qora choy foydaliligi jihatdan ko‘k choydan kam emas. Ikkalasi ham diabetga qarshi kurashish xususiyatiga ega, shuningdek, yurak-qon tomir tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan antioksidantlarni o‘z ichiga oladi.
Choy shamollash bilan kurashishda yordam beradi

Shamollashning birinchi simptomlarida ko‘pchilik birinchi issiqqina choy ichadi. Aftidan, issiq ichimlik nafas yo‘llarini isitib, tez tuzalishga yordam beradi. Biroq choy tarkibidagi foydali moddalarga qaramasdan, uning shamollashni davolashda samaradorligini isbotlaydigan tadqiqotlar yo‘q. Bundan tashqari, ba’zida kasallik paytida achchiq choydan butunlay voz kechgan ma’qul. Uning tarkibidagi moddalar qabul qilingan dorilarning ta’siriga xalaqit berishi mumkin.
Choy organizmning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirmaydi

Har bir inson kuniga ma’lum miqdorda suv ichish kerakligini biladi. Shu bilan birga, ko‘pchilik choyni hisobga olmaslik kerakligini aytadi. Chunki uning tarkibida diuretik ta’sirga ega kofein mavjud. Agar kuniga 6-13 stakan choy ichsangiz, organizm suvsizlanishi mumkin. Ichimlikni o‘rtacha iste’mol qilish bilan uning diuretik ta’siri ahamiyatsiz bo‘ladi, ya’ni kuniga ikki stakan choy suvning o‘rnini bosishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, yalpiz choy ichish kerak

Agar oshqozon bezovta qilsa, tez-tez yalpiz choy ichish kerak, deb maslahat beradiganlar ham topiladi. Ammo shifokorlar unga ko‘r-ko‘rona rioya qilishni tavsiya etmaydi. Chunki turli kasalliklar mavjud. Agar ovqat hazm qilish buzilishi va yo‘g‘on ichak sindromi bo‘lsa, yalpiz damlamasi foyda beradi, jig‘ildon qaynashida esa vaziyatni yanada og‘irlashtiradi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


