Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (17.01.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 17-yanvar, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Muhim hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida kichik xatoliklar ko‘zga tashlanishi mumkin. Kechqurun sizni qiziqarli uchrashuv kutib qoladi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Agar kun davomida moliyaviy masalada muammolar tug‘ilsa, o‘sha vaqtning o‘zida bartaraf etishga harakat qiling. Xudo berib qolar deb kutmang.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Ayrim odamlar bilan munosabatlaringiz yomonlasha borayotgan bo‘lsa, bu munosabatlarga nuqta qo‘yganingiz ma’qul.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Bugun faqat jamoa bilan amalga oshiriladigan ishlar sizga kutilgan foydani bera oladi. Yolg‘izlikda natijaga erisha olmaysiz.

Arslon (24.07 — 23.08)

Bugun atrofdagilar bilan bo‘ladigan munosabatlarda garmoniya sari intilishingiz tavsiya etiladi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Muhabbatda oilalilarni mayda ko‘ngilsizliklar ta’qib eta boshlashi mumkin. Bunga sizning asossiz rashklaringiz sababchi bo‘ladi, albatta.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Tarozi burji ostida tug‘ilganlarga bugun yolg‘iz qolish, yolg‘izlikdan azob chekish sira tavsiya etilmaydi. Tortinchoqlik odatingiz bo‘lsa, undan voz keching.

Chayon (24.10 — 22.11)

Faqat oldinga qadam tashlang, pul topish harakatida bo‘ling, manfaatingiz uchun xizmat qiladigan tanishuvlarni tashkil eting.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Faqat yangilik sari sergaklik bilan olg‘a qadam tashlashingiz kerak. Muvaffaqiyatga erishishning shundan bo‘lak yo‘li yo‘q.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Muhabbatda xushomadlarga yo‘l bermang. Aks holda keyinchalik o‘zingiz ko‘ngilsizliklar kelib chiqishiga sababchi bo‘lib qolasiz.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun hayotingizda sira kutilmaganda turli hodisalar yuz bera boshlashi mumkin. Hatto, o‘zingizni qo‘lga olishga ulgurmay, bu hodisalar sizdan javob talab qila boshlashadi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Kun davomida qiladigan barcha ishlaringiz moliya bilan bog‘liq bo‘ladi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.