Jahon

Xalqaro O‘zbeklar kuni ta’sis etiladi

pic
Foto: Daryo

Loading

Butun dunyoda ushbu kun elchixonalar orqali nishonlanadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xalqaro O‘zbeklar kunini belgilash taklifi ma’qullandi. Xorijdagi vatandoshlarning bu iltimosini AQShdagi O‘zbekiston elchisi Furqat Sidiqov davlat rahbarining Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishida prezidentga yetkazdi.

Yig‘ilishda davlat rahbari AQShda, xususan Nyu-York va Vashington shaharlarida mahalla va choyxonalar tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu loyihalar vatandoshlar uchun qulay makon yaratib, ularning g‘urur-iftixorini oshiradi.

Furqat Sidiqovning qayd etishicha, u O‘zbekiston elchisi sifatida oxirgi 2 yil ichida AQSh rahbarlari va kongressmenlar bilan samarali muloqot olib borib, 2 000 ta ish o‘rinlari yaratildi, shuningdek, to‘rtta savdo uyi ochildi. Shu bilan birga, Xalqaro O‘zbeklar kunini butun dunyoda elchixonalar orqali nishonlash rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, F. Sidiqov Amerika kompaniyalari O‘zbekistonning IT-parklari va IT-kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi. Ushbu tashabbus xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash va O‘zbekiston madaniyatini global maydonda targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.