Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyati “GASN” Axborot xizmatiga rahbar tayinlandi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Usmonov Behruz Umed o‘g‘li Buxoro viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi Axborot xizmati bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

B. Usmonov 1993-yilning 27-oktabr kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tug‘ilgan.

U o‘z mehnat faoliyati davomida Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati hamda Buxoro shahar hokimligi axborot xizmatlarida samarali faoliyat yuritgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Behruz Usmonov Buxoro davlat texnika universitetining Raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘limida kontent menejeri lavozimida faoliyat olib borgan.

Behruz Umed og‘liga kelgusi ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ma’lumot uchun, Buxoro viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi hududda qurilish ishlari, loyiha hujjatlariga rioya etilishi hamda uy-joy va kommunal xo‘jalik sohasidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.

Inspeksiya tomonidan qurilish obyektlarining sifat va xavfsizlik talablarga mosligi doimiy ravishda monitoring qilinadi. Shuningdek, aholi murojaatlari asosida joylarda tekshiruvlar o‘tkaziladi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Tashkilot faoliyati qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Axborot xizmati esa inspeksiya faoliyatini ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikka tezkor va ochiq yetkazishda muhim o‘rin tutadi.

P. S.: “GASN” abbreviaturasi nima anglatishini bilasizmi? Sobiq sovet ittifoqi davridan qolgan bu so‘z rus tilidan tarjima qilinganda (Государственний архитектурно-строителный надзор) Davlat arxitektura-qurilish nazorati maʼnosini anglatadi. Bugungi kunda ushbu tashkilotning rasmiy nomlanishi esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.