Islom
…Vaholanki, uning nomahram ayolga qarashni ich-ichidan xohlab turganini sheriklari bilmasa ham Alloh biladi
Qur’oni Karimda shunday deyilgan: “(Alloh) ko‘zlarning xiyonatini ham, dillar yashiradigan narsalarni ham biladi”. (Gʻofir surasi, 19-oyat).
Alloh taolo barcha narsani biladi. Hatto banda nojoiz narsalarga o‘g‘rincha nazar tashlaganini ham ko‘rib turadi. Alloh dilimiz tubiga yashiringan sir-asrorlardan voqifdir. U Zotdan hech narsani berkitib bo‘lmaydi. Kishi sodir etgan gunohlarini boshqalardan sir tutishi, hech kimga bildirmay yurishi mumkin. Ammo olamlar Parvardigoridan yashira olmaydi.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bir guruh erkaklar oldidan begona ayol o‘tib qolsa, oralaridan bir kishi haligi ayolga qarashdan ko‘zini tiygandek ko‘rsatadi. Agar hamrohlari bilmay qolishsa, ayolga o‘g‘rincha qiyo boqadi. Bordi-yu ular sezib qolishsa, darrov nigohini boshqa tomonga buradi. Vaholanki, uning nomahram ayolga qarashni ich-ichidan xohlab turganini (sheriklari bilmasa ham) Alloh biladi”.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday duo qilganlar:
أَللَّهُمَّ طَهِّرْ قَلْبِي مِنْ النِّفَاقِ وَعَمَلِي مِنْ الرِّيَاءِ وَلِسَانِي مِنْ الْكَذِبِ وَعَيْنِي مِنْ الْخِيَانَةِ فَإِنَّكَ تَعْلَمُ خَائِنَةَ الأَعْيُنِ وَمَا تُخْفِي الصُّدُورُ.
Duoning o‘qilishi: “Allohumma tohhir qolbiy minan nifaaq, va ’amaliy minar riya, va lisaaniy minal kazib, va ’ayniy minal xiyana, fainnaka ta’lamu xoinatal a’yuni va maa tuxfis suduvr”.
Duoning ma’nosi: “Yo Alloh, qalbimni nifoqdan, amalimni riyodan, tilimni yolg‘ondan, ko‘zimni xiyonatdan pokla! Zero, Sen ko‘zlar xiyonatini, qalblarda yashiringan narsalarni bilasan”.
Alloh taolo bandalarini ogohlantirib aytadi: “(Ey insonlar,) sizlar so‘zlaringizni yashiringlar yoki oshkora qilinglar (farqi yo‘q, baribir Alloh bilib turadi). Albatta U Zot dillardagi sirlarni Biluvchidir. (Axir) yaratgan Zot bilmaydimi?! U Mehribon, (har narsadan) Ogohdir”. (Mulk surasi, 13–14-oyatlar).
Odamlar gaplarini oshkor yoki maxfiy aytsalar ham baribir Alloh bilib turadi. Shuning uchun o‘zlariga ehtiyot bo‘lsinlar. Zero, inson tili bilan so‘zlagan gapi, ko‘zi bilan ko‘rgani, qulog‘i bilan eshitgan narsalari haqida kuni kelib javob beradi.
Shuhrat Kamolov, Buxoro shahar “Mahmud Tarobiy” jome’ masjid imom-xatibi
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


