Salomatlik

Oddiy banan qanday qilib chekishni tashlashga yordam beradi?

pic
Foto: Uznay.ru

Loading

Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan banan nafaqat mazali, balki bir qator foydali xususiyatlarga ham ega. U organizmning viruslarga qarshi kurashishida, qon bosimini me’yorlashtirish va ruhiy salomatlikni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida Daryo banan iste’mol qilinganda, organizmda kuzatiladigan ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘z yuritgan.

Kuniga 2dona banan iste’moli tanadagi moddalar almashinuvini yaxshilab, organizmni muhim vitamin va minerallar bilan ta’minlaydi. Shuningdek, ushbu meva ortiqcha vaznga olib kelishi mumkin bo‘lgan kaloriya, shakar va uglevodlar miqdorini nazorat qilishga ham yordam beradi.

Odatda yetilib pishgan banan tarkibida 3-5 gramm atrofida kletchatka mavjud bo‘lib, u oshqozon faoliyatini yaxshilashga va ovqat hazm bo‘lish jarayonini osonlashtirishga yordam beradi. Biroz pishmagan, ya’ni yashil rangli banan tarkibi prebiotiklar va kraxmalga boy bo‘lib, ular ichakdagi foydali bakteriyalarni samarali oziqlantirishda ko‘maklashadi.

Mutaxassislarning aytishicha, banan tarkibidagi kaliy inson organizmidagi ortiqcha natriyni chiqarib tashlash, qon-tomirlar faoliyatini yaxshilash, shuningdek, qon bosimini me’yorlashtirishda ko‘maklashadi. Natijada yurak salomatligi yaxshilanadi va qondagi qand miqdori ham barqaror holga keladi.

Banan tarkibida o‘rtacha miqdorda shakar mavjud, u qonda shakar pasayishining oldini oladi va organizmni energiya bilan ta’minlaydi. Uni och qoringa emas, aksincha nonushtadan so‘ng iste’mol qilish foydali, bu ruhiy salomatlikka ham ijobiy ta’sir qiladi. Sababi banan stressni kamaytirib, kayfiyatni yaxshilovchi serotonin gormoniga boy.

Uning tarkibidagi B6 va magniy vitamini asab tizimini tinchlantirishga yordam beradi. Ushbu meva tarkibida, shuningdek, C vitamini, marganes va antioksidantlar ham mavjud, ular immunitetni mustahkamlash va stressni kamaytirishga yordamlashadi.

Qolaversa, kunlik ovqatlanish ratsioniga banan iste’molini qo‘shish chekishni tashlashga harakat qilayotgan insonlarga yordam beradi. Sababi banan tarkibidagi vitamin va minerallar nikotinga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Natijada chekishga bo‘lgan qaramlik alomatlari unutila boshlaydi.

Ba’zida muntazam charchoq organizmda temir tanqisligidan darak berishi mumkin. Kerakli miqdorda banan iste’mol qilish tana tetikligini saqlash uchun zarur bo‘lgan qizil qon hujayralari ishlab chiqarilishini va kislorod aylanishini yaxshilaydigan temir moddasi bilan ta’minlaydi.

Sport mashg‘ulotlaridan oldin yoki keyin bu meva iste’mol qilinsa, tanani mushaklar energiyasi uchun kerakli ozuqa — uglevodlar bilan ta’minlaydi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.