Islom

O‘lim kelmasdan oldin tavba qilishga shoshiling

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

“Robitai mavt”, ya’ni bu hayotning foniyligini, bir kun kelib o‘lishimizni, o‘lgandan so‘ng qiyomat boshlanganidan keyin qabrlardan turishimizni, mahshargohda to‘planishimizni, Allohning insonlarni muhokama qilishini, savob va gunohlarning tortilishini, yaxshilarning bir tarafga, yomonlarning boshqa tarafga ayrilishini, yaxshilarning sirotdan o‘tib, jannatda abadiy qolishlarini, yomonlarning jahannamga otilib, yonishini bilamiz. Shularni o‘ylashga “Robitai mavt” deydilar.

Inson bularni o‘ylaganda jannatga kirganlarning naqadar xursand bo‘lishlarini, jahannamga tashlanganlarning esa lovullab yonishlarini, ayanchli faryod etganlarini, pushaymon bo‘lishlarini o‘ylaydi, ko‘z oldiga keltiradi…

O‘z nafsiga xitob qilib: “Ey nafsim, aqlingni yig‘ib ol, devonalik qilma. Bu hayotning qiymatini bil. Oxiratda do‘zaxiy bo‘lmaslik uchun hozirdan tadbir qil. Jannatga kirishga sabab bo‘ladigan ishlarni bajar. Do‘zaxga yetaklaydigan ishlardan qoch! Do‘zaxdan o‘zingni qo‘riqla, jannatni qo‘ldan boy bermaslikka harakat qil. Hayotingning bir soniyasini ham bekorga o‘tkazma, behuda sarf etma, zoye qilma!” deb aytadi.

Buni o‘ylashga, bu taxayyulga “Robitai mavt” deydilar. Bu robitaning asli, manbasi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tavsiyalaridir… Chunki Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘limni ko‘p o‘ylashni, ko‘p eslashni buyurganlar.

O‘lim achchiq, qo‘rqinchli bir narsa lekin bu nafs o‘lim qo‘rquvidan boshqa narsa bilan isloh bo‘lmaydi. Nafsni isloh qilishning eng yaxshi chorasi, Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavsiya qilganlaridek, o‘limni tafakkur qilish bilangina amalga oshadi.

“Ajjilu bit tavbati qablal mavt”, ya’ni “O‘lim kelmasdan oldin tavba qilishga shoshiling” deganga o‘xshash Hadisi shariflar masjidlarda, uylarda osib qo‘yiladi. O‘lim yoshga ham, qariga ham, navbatga ham qaramaydi. Bir payt qarabsizki, besh aka-ukaning eng kichigi o‘ladi. Yoki buva yashaydi, nabira o‘ladi. Qarabsizki, kasalni parvarish qilayotgan odam o‘lib, kasal qoladi…

“Islom va axloq” kitobidan olindi

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.