O‘zbekiston
So‘nggi 5 yil ichida hayotimizda nimalar o‘zgardi?
O‘zbekistondagi barcha siyosiy partiyalar birma-bir prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlariga kirishganini e’lon qilmoqda.
Oktabrgacha oz vaqt qoldi, Shavkat Mirziyoyev prezidentligining birinchi muddati yakunlanmoqda. O‘tgan vaqt ichida hayotimizda nimalar o‘zgardi?
1.Biz majburiy paxta terimidan voz kechdik. Yaqindagina hammamiz – maktab o‘quvchilaridan tortib shifokorlargacha – dalalarda qullik majburiyatini indamay bajardik. Yoki tering, yoki to‘lang – bu bizning kundalik hayotimizning bir qismi edi
2. Davlat idoralarining ochiqligi ortidan biz endi amaldorlarimizni, mahalliy hokimlardan tortib, prezident Administrasiyasi rahbarigacha taniymiz. Tayyorlanayotgan qarorlar jamoatchilik muhokamasidan o‘tmoqda. Natijada, oddiy odamlar manfaatlariga xizmat qilmaydigan ko‘plab loyihalar kun tartibidan olib tashlandi.
3. So‘z erkinligining nozik kurtaklari kun tartibini shakllantirib, amaldorlarni jamoatchilik fikriga nazar tashlashga, ba’zan aql-idrokdan uzoq bo‘lgan harakatlari va qarorlarini tushuntirishga majbur qilmoqda.
4. Biz valyutaning «qora bozori»ni unutdik, dollarni almashtirish va «plastik»ni naqdlashtirishni muammosiz uddalamoqdamiz.
5. Energetikadagi muammolarni hal qilish boshlandi. Ilgari joylarda «svet» kuniga atiga ikki soatga berilardi. 2016-yildan boshlab elektr energiyasini ishlab chiqarish 20% ga oshdi.
6. Ta’limda imkoniyatlar kengaydi. Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 27% dan 60% ga, oliygohlar soni 77 tadan 132 taga ko‘paydi.
7. Qo‘shni davlatlar bilan chegaralarda otishmalar ovozi eshitilmayapti, nazorat punktlari ochildi, odamlar o‘z qarindoshlari va do‘stlarini bemalol ziyorat qilishyapti…
Ro‘yxatni davom ettirish mumkin. Ammo ochiqchasiga aytganda, hal qilinmagan muammolar ham talaygina. Eng muhimi, biz uyg‘onishni boshladik, oldimizga qo‘ygan maqsadlar sari birinchi ongli qadamlarni tashladik!
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi