Buxoro yangiliklari

Buxoro mahallalarida nima gap? 24-yanvar yangiliklari

pic
Foto: Telegram (@Jamol_Nosirov)

Loading

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbari Jamol Nosirov hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida ma’lum qildi:

📍Buxoro shahri, “Jo‘bor” MFY hududida joylashgan Abdurahmon Mushfiqiy ko‘chasida piyodalar yo‘lagini tashkil etish loyihasi doirasida qurilish ishlariga start berildi.

📍Kogon tumani,“Choloki” MFY da Islom taraqqiyoti banki va OPEK dasturi doirasida yangi ustunlar o‘rnatish va elektr tarmoqlarini yangilash ishlari boshlandi.

📍Olot tumani, “Xalifa” MFYda 2,4 gektar maydonda kichik sanoat zonasi tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda bu yerda syement-beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik zavod barpo etilmoqda. Loyiha to‘liq quvvatga chiqqach, mahallada 30 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

📍Jondor tumani, “Oqtepa” MFY, Chiqirobod qishlog‘idagi mavjud stadion qayta ta’mirlanib, futbol,  “workout”  maydonchasi yangidan barpo qilindi. Mazkur loyiha uchun  1,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Loyiha mahalla aholisi tashabbusi va “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida amalga oshirildi.

📍Vobkent tumani, “Latifsobungar” MFY da tomorqachi Muhtor Shodiyev tomonidan gidroponika usulida 10 ming tup qulupnay ko‘chati ekilib, parvarish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Loyihaga 200 mln so‘m sarmoya kiritilib, bir mavsumda o‘zini oqlashi kutilmoqda.

📍Shofirkon tumani, “Bobohaydar” MFY da nogironligi bo‘lgan tadbirkor ayol Lola Isayeva tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 15 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlamoqda. Mahallada buyurtma asosila oyiga o‘rtacha 300 ta ko‘rpa-to‘shak ishlab chiqarmoqda.

📍Shofirkon tumani, “Jo‘shura” MFY da  elektr tarmoqlari modernizatsiya qilinib, 14 ta zamonaviy temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatildi.

pic 02
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.