Buxoro yangiliklari
“Losha” diqqat markazida: xavfsizlik jadallashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlari ijrosi joylarda aniq amaliy ishlar bilan ta’minlanmoqda. Ushbu hujjatlar asosida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari tomonidan Buxoro shahridagi “Losha” mahalla fuqarolar yig‘inida keng ko‘lamli xonadonbay o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jarayonda viloyat IIBdan biriktirilgan mas’ul xodimlar “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda har bir ko‘cha va xonadonga kirib, hududning ijtimoiy-ma’naviy muhiti, kriminogen vaziyat, voyaga yetmaganlar va yoshlar tarbiyasi hamda ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi oilalardagi holatni chuqur tahlil qilmoqda.
Jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda zamonaviy texnologiyalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘rganishlar natijasida jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan nuqtalar aniqlanib, u yerlarga videokuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda. Natijada “Losha” mahallasida “Raqamli xavfsizlik” tizimi bosqichma-bosqich shakllantirilib, jamoat xavfsizligi 24/7 onlayn nazoratga olinmoqda.
Mas’ullar aholi bilan yuzma-yuz muloqotni ham kuchaytirib, fuqarolarning murojaatlarini joyida ko‘rib chiqmoqda, huquqiy tushuntirishlar berilmoqda va amaliy yechimlar taklif etilmoqda. Bu yondashuv aholining huquq-tartibot organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
O‘rganishlar yakunida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, bandlikni oshirish va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan aniq muddatli “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Unda mas’ul ijrochilar va kutilayotgan natijalar belgilandi.

Buxoro viloyati IIB tomonidan “Losha” mahallasida olib borilayotgan bu ishlar hududni jinoyatdan holi, xavfsiz va obod maskanga aylantirish yo‘lidagi muhim amaliy qadam sifatida baholanmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


