Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (25.01.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 25-yanvar, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Ruhiy mukammallik sari qadam tashlash, uy yig‘ishtirish va mayda-chuyda ishlarga ham alohida e’tibor qaratish bugun xayrli kechadi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Kasbini o‘zgartiradiganlar ertalabdan shu masalada jiddiy shug‘ullanishlari zarur.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Har qanday vaziyatda ham faqat o‘zingizga ishongan holda ish ko‘ring. Do‘stlar yoki tanishlar yordamidan umidvor bo‘lish bugun ish bermaydi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Oilaviy bayram uyushtirsangiz ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Faqat ishda qalbingizga quloq tutmang, aksincha do‘stlar, hamkasblar bilan bamaslahat ish tuting.

Arslon (24.07 — 23.08)

Bugun oila yoki do‘stlar davrasida miriqib dam olishingiz kutiladi. Ishxonangizda shtatlar qisqarishi yuz berishi kutiladi. Shuning uchun zimmangizdagi majburiyatlarni sidqidildan bajarish harakatida bo‘lavering.

Parizod (24.08 — 23.09)

Surunkali xastalikka chalinganlar salomatligini mustahkamlash harakatiga tushishlari zarur.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Dam olish jismoniy jihatdan qayta tiklanishda katta yordam beradi. Omadingizni bersin!

Chayon (24.10 — 22.11)

Bugun uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi kutiladi. Salomatlikka e’tiborni susaytirmang.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Sirlaringizni hatto yaqin insoningizga ham aytmang. Basharti kechga yaqin hasadchi yo firibgar ta’qibiga uchrasangiz, sukut saqlagan holda g‘olib bo‘lish harakatida bo‘ling.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Kechqurun qarindoshlar va do‘stlar olqishi ham siz uchun bo‘ladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

O‘zingiz yaxshi tanimaydigan odamlarni deb joningizni qiynamang. Bundan ko‘ra shaxsiy ishlaringizni do‘ndiravering.

Baliq (20.02 — 20.03)

Bugun tavakkalchilikka yo‘l qo‘yish, shubhali loyihalarga pul tikish ko‘ngilsizliklarnigina hadya etadi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.