Salomatlik
Kechasi ichilgan dori jiddiy oqibat keltirishi mumkin
Kechasi nega ko‘zingizga uyqu kelmayotganini tushuna olmayapsizmi? Bunga sabab qabul qilingan dori-darmonlar bo‘lishi mumkin. Ma’lum turdagi preparatlar uyquni kuchaytirsa, boshqalari aks ta’sir etadi. Daryo maqolasi shu haqida.
Amerikalik klinik psixolog, tibbiyot fanlari nomzodi, salomatlik va hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha kitoblar muallifi doktor Maykl Breus bu haqda batafsil ma’lumot berdi.
Shamollash va grippga qarshi vositalardan tortib saratonni davolashgacha bo‘lgan ko‘plab dorilar uyqusizlikka olib keladi. Dorilar yo‘riqnomasida uning nojo‘ya ta’sirlari va boshqa dorilar bilan o‘zaro mosligi haqida to‘liq ma’lumot berilsa-da, bemor uni ko‘pincha o‘qib ko‘rmaydi, deydi shifokor.
Quyida uyquga xalaqit beradigan 5 xil dori ro‘yxati bilan tanishamiz.
1. Gripp va shamollashga qarshi dorilar
O‘tkir respirator virusli infeksiyalarga qarshi dorilar ko‘pincha shifokor ko‘rsatmasiga binoan qabul qilinadi. Bunday dorilarning tarkibida psevdoefedrin moddasi bo‘lib, uning vazifasi burun bitishining oldini olishdir. Biroq bu modda uyqusizlikni keltirib chiqaradi. Psevdoefedrin allergiyaga qarshi hamda antigistamin preparatlarda ham uchraydi.
2. Nikotin plastirlari
Nikotin plastirlari chekishga qarshi kurashda qo‘llaniladi va tamakiga qaramlikning oldini oladi. Ammo kechasi ishlatilganda uyqusizlikni keltirib chiqaradi.
3. Antidepressantlar
Antidepressantlar — bu tushkunlikka qarshi dorilar bo‘lib, bosh miyadagi baxt gormonlari, ya’ni serotonin, endorfin, dofamin va oksitotsin darajasini ko‘taradigan preparatlardir. Ayniqsa, selektiv serotoninni qayta yuklash ingibitori turiga kiruvchi antidepressantlar uyquga xalaqit berishi isbotlangan.
4. Beta blokatorlar
Beta-blokatorlar – bu yurak urishini sekinlashtiradigan va qon bosimini tushiradigan dori vositalari. Ular asosan yurak-qon tomir kasalliklarini davolash va oldini olish uchun ishlatiladi. Beta-blokatorlar organizmda adrenalin va norepinefrin kabi stress gormonlarining ta’sirini kamaytiradi, natijada yurak ritmi sekinlashadi.
Beta blokatorlar yurak ishemik kasalliklari, aritmiya, gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, migren va tireotoksikoz kabi kasalliklarda qo‘llaniladi. Ushbu preparatlar melatonin — uyqu gormonini kamaytiradi. Bundan tashqari, yarim kechasi uyg‘onish, tushda qo‘rqib ketish kabilar beta blokatorlar bilan bog‘liq.
5. Xolinesteraza ingibitorlari
Xolinesteraza ingibitorlari asab tolalaridagi salbiy ferment faoliyatini sekinlashtirib, asab impulslarining uzatilishini yaxshilaydi. Bu asosan Altsgeymer kasalligi, nevrologik va mushak kasalliklarida qo‘llanadi.Xotira, diqqat va nutqning buzilishi bilan kechadigan demensiya kasalligida shifokorlar xolinesteraza ingibitorlarini tavsiya qiladilar. Dorining ta’sirida yoshi kattalarda uyqusizlik yanada kuchayadi. Buning oldini olish uchun bemorga qo‘shimcha melatonin buyurilishi mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


