Buxoro yangiliklari

Bosh prokuratura vakillari Buxoroda aholi bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi

photo 166

Loading

Joriy yilning 24- va 25-mart kunlari Bosh prokuratura ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatining tuman va shaharlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Zarbdor oyligi” jarayoni o‘tkazilishi o‘rganildi.

Xususan, boshqarma boshliqlari Baxtiyar Babadjanov hamda Latif Jalovlar “qizil” hududga kirgan Buxoro tumanidagi, “Rabotak”, “Oybek”, Kogon tumanidagi “O‘zbekiston”, “Oybek”, Kogon shahridagi “A. Navoiy”, “Beruniy”, Vobkent tumanidagi “Rabotoxun” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Mas’ullarga sohaga butunlay boshqacha nigoh bilan yondashish, har bir shaxs bilan individual tarzda ish olib borish hamda bu boradagi amaliy ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Foto: Buxoro viloyati prokuraturasi Matbuot xizmati

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.