Qiziqarli

Dazmoldan qoladigan yaltiroq dog‘larni qanday qilib ketkazish mumkin?

pic
Foto: Daryo.uz

Loading

Har birimiz kiyimni dazmollaganda ba’zan matoning yuzasida yoqimsiz yaltiroq dog‘lar paydo bo‘lishiga duch kelamiz. Ayniqsa, to‘q rangli yoki nozik matoli kiyimlarni ehtiyotsizlik bilan dazmollash ularning tabiiy ko‘rinishini buzishi mumkin. Bu muammo ko‘pchilik uchun tanish bo‘lsa-da, uni bartaraf etishning samarali usullari bor. Daryoning ushbu maqolasida dazmoldan qoladigan yaltiroq dog‘larning sabablari va ularni yo‘qotish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Nima uchun dazmoldan keyin kiyimda yaltiroq dog‘lar qoladi?

Odatda dazmoldan keyin yaltiroq dog‘ poliestr kabi sintetik tolalardan tikilgan kiyimlarda qoladi. Chunki bunday kiyimlarni dazmolning mos haroratini o‘rnatmasdan tekislaymiz va buning natijasida mato tolalari sarg‘ayib ketadi. Agar kiyim viskozadan tikilgan bo‘lsa, hatto kuyib ketishi mumkin.

Oq kiyimda qolgan dog‘ sarg‘ish tusda kuygan izga o‘xshaydi, qora kiyimda esa yaltiroqlik paydo bo‘ladi. Ammo maxsus vositalar yordamida bunday dog‘larni osongina tozalab olish mumkin.

Dog‘larni kimyoviy vositalarsiz ketkazish

Buning uchun bizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • piyoz
  • sut
  • limon sharbati
  • bor kislotasi
  • sirka

Yaltiroq dog‘larni bartaraf etishning eng oson usuli bu piyozdan foydalanishdir. Buning uchun piyozni mayda qilib to‘g‘rash va bo‘tqa holatiga keltirish lozim. So‘ng piyoz massasini yaltiroq dog‘ o‘rniga bir necha soatga qoldirish kerak. Keyin esa kiyimni sovuq suvda chayib, xona haroratidagi suvda yuvish mumkin.

Agar yaltiroq dog‘ juda katta va quyuq bo‘lmasa, uni oddiy sut orqali tozalash mumkin. Buning uchun kiyimni ikki yoki uch stakan sutga botirib, keyin odatdagidek yuvish kifoya.

Agar sintetik buyumdagi dazmoldan qolgan dog‘ yaqinda paydo bo‘lgan bo‘sa, uni limon sharbati bilan yoki bor kislotasi eritmasi bilan tozalash mumkin. Bunday eritmani tayyorlash oson: bor kislotasini 1:1 nisbatda iliq suv bilan aralashtiring va kiyimni ushbu suyuqlikka 10-15 daqiqaga botirib qo‘ying.

Oq rangli tabiiy matolardan tikilgan yaltiroq dog‘larini tozalash uchun vodorod peroksidi va novshadil spirti aralashmasini qo‘llang. Buning uchun 1 choy qoshiq peroksid va 3-4 tomchi 10% spirtni qo‘shing, 1/2 stakan suvda eritilgan massani doka yordamida dog‘lar bor joyga surting va bir necha daqiqaga qoldiring. So‘ng kiyimni sovuq suvda yuvib, yana dazmollang. Yodingizda bo‘lsin, bu usul faqat paxta tolali va tabiiy matolardan tayyorlangan oq kiyimlar uchun mos keladi.

Qora kiyimda qolgan dazmol dog‘larini ketkazishda sirka yordam beradi. Buning uchun toza dokani 10% sirka eritmasiga soling, uni dog‘ ustiga qo‘ying. So‘ng dazmolning haroratini ko‘tarib, kiyimni yaxshilab dazmollang.

Umuman olganda, qora kiyimlarni faqat teskari tomondan dazmollash lozim, shunda shim kabi to‘q rangli kiyimlarda kuyish izlari paydo bo‘lmaydi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.