Buxoro yangiliklari
Ko‘chalar harakatda: Buxoroda “Salomatlik marafoni” o‘tkazildi
Buxoro viloyatida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida “Salomatlik marafoni” doirasida keng ko‘lamli tadbirlar izchil davom etmoqda. Ushbu tashabbus doirasida aholi uchun bepul tibbiy ko‘riklar, shuningdek, jismoniy faollik va sog‘lom hayot tarzini rag‘batlantiruvchi ommaviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bugun erta tongda “Salomatlik marafoni” doirasida navbatdagi ommaviy tadbir — yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Yurish Buxoro shahrining tarixiy qismi — Labi hovuz majmuasidan boshlanib, ARK qo‘rg‘onigacha bo‘lgan masofani qamrab oldi. Unda 2 000 nafarga yaqin shahar aholisi, turli soha vakillari hamda yoshlar faol ishtirok etdi.
Tadbir boshlanishidan avval SSB rahbariyati so‘zga chiqib, “Salomatlik marafoni” aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va sog‘lom hayot tarzini keng joriy etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashdi. Shuningdek, bunday ommaviy tadbirlar jamoatchilik o‘rtasida sog‘lom hayot tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Yurish yakunida Ark qo‘rg‘oni hududida aholi uchun kengaytirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va viloyat tibbiyot muassasalari mutaxassislari ishtirokida mobil poliklinika, DELFT rentgen apparati, mobil mammograf, UTT, EKG hamda laboratoriya xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. Jami 19 nafar shifokor tomonidan 50 nafar fuqaro ko‘rikdan o‘tkazilib, 47 nafariga ambulator, 3 nafariga esa statsionar davolash tavsiya etildi.
Aholini tibbiy ko‘riklarga jalb etish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida keng qamrovli axborot-targ‘ibot ishlari ham olib borildi. Buxoro shahri bo‘ylab “Salomatlik marafoni” logotipi tushirilgan bannerlar va videoroliklar joylashtirildi, “Salomatlik nuqtalari” tashkil etildi. Bu yerda fuqarolarning antropometriya ko‘rsatkichlari, qon bosimi, pulsi hamda qondagi glyukoza miqdori o‘lchandi.
Umuman olganda, Buxoroda o‘tkazilgan ommaviy yurish marafoni aholini sog‘lom hayot tarziga chorlash, kasalliklarning oldini olish va tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan samarali tadbir sifatida keng jamoatchilik e’tiborini tortdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


