O‘zbekiston
Koronavirus odamlarda gripp kabi o‘tayaptimi?
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Botir Qurbonovning «Bugun.uz» muxbiriga bergan intervyusida fuqarolar orasida koronavirus gripp ko‘rinishiga o‘tayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Botir Qurbonovning takidlashicha, ko‘pchilik gripp bilan koronavirus infeksiyasini bir-biri bilan adashtirib yubormoqda. Gripp kasalligidagi alomatlar, ya’ni burun oqishi, isitma chiqishi, bo‘g‘imlarda qaltiroq yoki qaqshab og‘rishi kabi sindromlar bilan o‘tayotganligi, barcha oila azolarida ham xuddi shu holat kuzatilayotgani koronavirus infeksiyasini shu ko‘rinishda o‘tayotganligiga gumon qilinmoqda.
«Hech qachon unaqa bo‘lishi mumkin emas. Koronavirus infeksiyasi gripp kasalligidan tubdan farq qiladi. Ushbu kasallikning kechishida ham, davolanishida ham o‘zidan-o‘zi o‘tmasligi, albatta, kasallanganlar shifokorga murojaat qilishi, labarotoriya tahlillari o‘tkazishi kerak. Agar manfiy natija chiqadigan bo‘lsa, shifoxonada yoki uy sharoitida davolanishi maqsadga muvofiqdir. COVID-19 kasalligi yengil o‘tmaydi. O‘zida yengil o‘tgan taqdirda ham, oila a’zolarining yoshi kattalarida ushbu kasallikdan keyin asorat qoldiirishi o‘pkaning zararlanishi yoki buning oqibatida nafas yetishmasligi yuzaga keladi.
Gripp kasalligi deb o‘ylab, shifoxonaga kech yetkazib kelishning oqibati o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Gripp kasalligi bilan koronavirus infeksiyasining bir-biriga o‘xshash sindromlari bir xil bo‘lgan bo‘lsa-da, kasallikda tashxislash muhim ahamiyat ega. Qachonki kasallikni to‘liq tashxislab, o‘z vaqtida davolasak, undan to‘liq sog‘ayish imkoniyatimiz bo‘ladi», – dedi Botir Qurbonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikni ikkinchi bor o‘tkazayotganda alomatlar bir xil bo‘ladi. Ya’ni tomoq yo‘llarida quruq yo‘tal, 37–38, ba’zi hollarda 39 gradus isitma, holsizlik, yuqori nafas yo‘llarida og‘riq, sekin-astalik bilan o‘pkaning zararlanishi bilan nafas yetishmovchiligi va tam hid bilishning yo‘qolishi koronavirus infeksiyasiga xos jarayonlardir.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish ko‘rsatkichi har 100 000 aholiga 0,4 ko‘rsatkichga ko‘tarilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi