O‘zbekiston
Prezident pensiya miqdorini oshirish to‘g‘risida Farmonni imzoladi
Prezidentning «Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, Saxovat va Muruvvat internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, 2021-yil 1-apreldan:
«Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining:
– rahbar va shifokorlar oylik lavozim maoshi 1,5 barobarga;
– o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari oylik lavozim maoshi 2 barobarga;
– boshqa barcha xodimlar oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;
– Agentlik markaziy apparati xodimlarining oylik lavozim maoshi 1,5 barobarga, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari hamda Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi markaziy apparati va uning hududiy komissiyalari xodimlari oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;
– «Saxovat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashovchi yolg‘iz pensionerlarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun kamida to‘lanadigan oylik pensiya miqdori 10% dan 20% gacha oshiriladi.
Qayd etilishicha, urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida zamonaviy fizioterapiya bo‘limi tashkil etiladi. Shuningdek, 2021–2024-yillarda tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlarida ishlovchi ijtimoiy xodimlarning oliy ma’lumot olishi uchun respublika OTM larida maqsadli kvotalar ajratiladi.
2021-yil may oyidan «Saxovat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pancionatidagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har yili 1 marta sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtirish tashkil etiladi. 2021-yil 1-apreldan «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylarida 1 nafardan kutubxonachi shtat birligi joriy etiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi