Islom
Rahmonning (suyukli) bandalari yerda kamtarona yuradigan, johillar xitob qilganida “Salomatlik bo‘lsin!” deb javob qiladigan kishilardir
Alloh Taolo o‘zining kitobi, Payg‘ambar alayhissalom hadislarida moʻminlarni sifatlab berganlar. Qur’on va hadisda keltirilgan sifat har bir musulmonda bo‘lmog‘i darkor.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Bir daraxt bor, bargi tushmaydi, u musulmon kishining misolidir. Ayting-chi, bu qaysi daraxt?” Odamlar sahrodagi daraxtlarning nomlarini ayta boshladilar. Abdulloh ibn Umar aytadilar: “Ko‘nglimga, xurmo daraxti bo‘lsa kerak, degan fikr keldi, lekin aytishga uyaldim”. Odamlar: “Yo Rasululloh, o‘zingiz aytingchi”, deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “U hurmo daraxtidir”, – dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati).
Avval so‘rab, keyin savolning javobini aytish, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odatlaridan edi. Ta’lim berishning bu uslubida aytilgan gap tinglovchilar xotirasida mustahkam o‘rnashib qoladi.
Imom Navaviy hadis sharhida bunday deydilar: “Hurmo daraxti foydasi ko‘pligi bilan musulmonlarga o‘xshaydi. Soyasining davomiyligi, mevasining mazaliligi va chiroyliligi, g‘o‘raligidan qurigunicha yeyilishi, doim bir xilda ko‘karib turishi, quriganicha shoxi, bargi hamda tanasidan uy qurilishi, yog‘och, o‘tin, bo‘yra va arqon sifatida ishlatilishi bilan ajralib turadi. U nafaqat insonlar, balki hayvonlar uchun ham yaxshi ozuqa manbaidir. Moʻmin kishi ham chiroyli axloqi, toat-ibodatning ko‘pligi, namozi, ro‘zasi, zikru-duosi, sadaqa berishi va doimo silai rahm ko‘rsatishi bilan atrofidagilarga foyda yetkazadi. Shuning uchun, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni hurmoga o‘xshatdilar”.
Haqiqatda, musulmon kishi din arkonlarini ado etish bilan bir qatorda, oilasi, qavmu qarindoshi, yoru birodarlari va hamkasblariga husni hulq ila muomalada bo‘ladi. Ularning og‘irini yengil qiladi, imkoni boricha yordamga shoshadi. Qo‘lidan ham, tilidan ham biror kimsaga ozor bermaydi. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam: “Odamlarga aralashib, ularning ozorlariga sabr qilgan musulmon ularga aralashmay, ozorlariga sabr qilmagan moʻmindan yaxshidir”, – deganlar. (Imom Termiziy rivoyat qilgan). Haqiqiy musulmon Allohning haqqini, qolgan moʻminlarni haqqini ham ado qiladi.
Alloh taolo moʻminlarni sifatlab marhamat qiladi: “Rahmonning (suyukli) bandalari yerda kamtarona yuradigan, johillar xitob qilganida “Salomatlik bo‘lsin!” deb javob qiladigan kishilardir” (Furqon surasi, 63-oyat).
Ushbu oyat-hadislar odamlardan yuz o‘girmaslikka, ularning ozoru aziyatlaridan qo‘rqib tarki dunyo qilmaslikka, aksincha, sabr qilishga, insonlarning yaxshi-yomon kunlaridan yelkama-yelka turishiga, jamiyatga aralashib yurishga targ‘ib qiladi.
Jamiyatda, odamlarga aralashib yurishda foyda bisyordir. Hamjihatlik va maslahat ila qilingan ishlar xayrli bo‘lg‘usidir insha Alloh!
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


