Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (31.01.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 31-yanvar, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Asabni, salomatlikni asrang. Bilingki, bir yeringiz og‘risa, o‘zingizdan bo‘lak hech kim sizga dard tortishib qo‘ya olmaydi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Shaxsiy hayotda o‘zingizni yaxshi tuting, injiqliklar, asabiyliklarga yo‘l bermang.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Hali uzoq yillar birga ishlashingiz zarur bo‘lgan odamlarga qo‘pollik qilib qo‘ymang. Ishga ijodiy yondasha olsangiz, omad sizniki deyavering.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Har bir yumushni ado etishda tafakkurga suyaning. Juda mushkul ishlarga duch kelsangiz, internet orqali bo‘lsa-da, qo‘llab-quvvatlashga tayyor tanishlarni qidirib toping.

Arslon (24.07 — 23.08)

Biznesda, moliya, va xizmat safariga borish masalasida muvaffaqiyatlarga erishasiz. Yana obro‘yingiz ham bir pog‘ona yuqorilaydi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Shaxsiy hayotda kechki payt sizni kutilmagan sovg‘alar kutib turadi. Basharti biror ishda omad kulib boqmasa, asabiylashmang.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Yo‘lingizda nimaiki uchrasa, o‘shandan naf ko‘rish harakatida bo‘lsangiz, xato qilmaysiz. Shunda siz barcha foydani o‘zingizga jalb etgan bo‘lasiz.

Chayon (24.10 — 22.11)

Bugun o‘zingizga yoqmaydigan odamlar, vaziyatlar, hodisalardan nari bo‘lishga harakat qiling.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Taqdir sizga in’om etadigan har bir imkoniyatdan unumli foydalaning. Bu asosan ishingiz bilan bog‘liq.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Kun davomida faqat unumdorlikka yo‘nalgan ishlargagina qo‘l uring. O‘rtamiyonalarini keyingi kunlar uchun asrab qo‘ying.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Kun mobaynida yaqin qarindoshlar sizga kutilmagan sovg‘alar hadya etishi, mehmonga chaqirishi kutiladi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Bosh va oyoq og‘rig‘idan saqlaning. Qon bosimingizni tez-tez tekshirib turing.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.