Islom
Albatta, yolg‘on fujur (gunoh)ga yetaklaydi. Fujur esa do‘zaxga eltadi…
Inson tabiatida yaxshi sifatlar bilan yomon sifatlar ham yonma-yondir. Aqlli insonlar yaxshi sifatlarini asrab kamolga yetkazadi. Yomon sifatlarning zararini bilib ulardan xalos va salomat bo‘ladi. Inson tabiatidagi yomon sifatlardan biri – yolg‘onchilikdir. Kimdir foyda ko‘rish yoki zararni ketkazish uchun yolg‘on so‘zlaydi. Shu yo‘l bilan foyda ko‘rmoqchi yo balodan qutilmoqchi bo‘ladi.
Rasululoh sollallohu alayhi vasallamdan: “Albatta, rostgo‘ylik yaxshilikka boshlaydi. Yaxshilik esa jannatga yetaklaydi. Kishi rost so‘zlaydi, hatto Alloh huzurida siddiq deb yozib qo‘yiladi. Albatta, yolg‘on fujur (gunoh)ga yetaklaydi. Fujur esa do‘zaxga eltadi. Kishi yolg‘on so‘zlayveradi-da, hatto Allohning huzurida kazzob (yolg‘onchi) deb yozib qo‘yiladi. Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan” (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Hakimlarimiz bunday deganlar:
“Rost so‘zda xatar ko‘rsangiz ham, rost so‘zlanglar. Najot rost so‘zdadir. Yolg‘on so‘zda najot ko‘rsangiz ham, yolg‘on gapirmang. Xatar yolg‘on so‘zdadir”.
Kimdir dushmanidan o‘ch olish maqsadida yolg‘on gapiradi. Yolg‘onni dushmaniga qarshi qurol qiladi. Bo‘lmagan qabihliklarni to‘kib, dushmaniga yopishtiradi. Shuning uchun dinimizda kishining dushmaniga qarshi guvohligi rad qilingandir.
Yolg‘onchilik barcha yomonliklarning manbai, hamma razilliklarning asli, oqibati baxtsizlik, samarasi tubanlik bo‘lgan illatdir. Yolg‘ondan tuhmat, tuhmatdan nafrat, nafratdan dushmanlik kelib chiqadi. Yolg‘onchilik shaxs va jamiyatga ana shunday ziyonlar keltirishi bois dinimizda harom qilingan.
Safvon ibn Sulaym bunday rivoyat qiladi: Rasululoh sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashdi: “Mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi?”. “Ha”, deb javob berdilar. Yana so‘rashdi: “Mo‘min baxil bo‘ladimi?”. “Ha”, dedilar. Yana so‘rashdi: “Mo‘min yolg‘onchi bo‘ladimi?”. “Yo‘q”, deb inkor qiladilar (Imom Molik rivoyati).
Nosir Jumayev, Peshku tuman bosh imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


