Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (06.02.2026)
2026-yilning 6-fevral, juma kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun asabiylashishga, xavotirlarga umuman o‘rin yo‘q. Muammolarni o‘ylab siqilmang, ular besh daqiqa oldin bo‘lmasa, besh daqiqa keyinroq albatta ijobiy hal bo‘ladi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Ortiqcha vazndan qiynalayotgan bo‘lsangiz, parhez tutish haqida ham o‘ylab ko‘ravering. Hasad, g‘iybatdan yuz o‘giring.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun ertalabdanoq bir olam yangi axborotlar eshitasiz. Bular sizga professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizda juda asqotishini unutmang.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Nimaiki ish bajarmang, tashqaridan yordam bo‘lmaydi. O‘z kuch, imkoniyatlaringizga tayangan holda harakatlar sodir etasiz.
Arslon (24.07 — 23.08)
Juftingizni rashk qilmang. Ayniqsa, bu odatingiz sizga juda qimmatga tushishi mumkin. Ehtiroslarni, emotsiyani jilovda ushlang.
Parizod (24.08 — 23.09)
Shunday qilingki, o‘zingizdan bo‘lak hech kim shaxsiy hayotingizga kirib kela olmasin. Aks holda rejalaringizning barchasi yo‘qqa chiqishi mumkin.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Peshona teri evaziga topilgan har bir tiyin pul toti o‘zgacha bo‘ladi. Siz xuddi shu totga intilib yashang.
Chayon (24.10 — 22.11)
Hamkasblardan biri siz haqingizda bo‘lar-bo‘lmas g‘iybat to‘qiy boshlaganidan xabar topishingiz ehtimoli bor. Sukut saqlang.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Hech qachon yengil yo‘l bilan daromad orttirish haqida o‘ylamang. Bu usul sizga to‘g‘ri kelmaydi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Ayrim muammolarni hal etishda sizga yaqin do‘stlar maslahati juda zarur bo‘ladi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Siz bilan dildan suhbat qurish istagida bo‘lganlardan o‘zingizni olib qochmang.
Baliq (20.02 — 20.03)
Aqliy mehnat kishilari moddiy jihatdan qo‘shimcha quvvat va lazzat olishlari haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


