O‘zbekiston
Rasman: ayrim yo‘l qoidabuzarliklari endi jarimasiz
O‘zbekistonda yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish joriy etildi. Tegishli tartib 4-fevral kuni imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar asosida belgilandi.
Qonunga muvofiq, yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun endilikda jarima qo‘llashdan oldin ogohlantirish berish imkoniyati yaratildi. Ma’muriy ogohlantirish — huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarni takrorlamaslik haqida rasmiy tanbeh berishdan iborat bo‘lib, u yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Mazkur jazo chorasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning quyidagi moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun qo‘llanadi:
125-moddaning 1 va 2-qismlari:
- haydovchilarning transport vositasini boshqarishda va yo‘lovchi tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanmasligi;
- mototsikl va moped haydovchilarining motoshlemdan foydalanmasligi;
- ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan yoki texnik nosoz transport vositalarini boshqarish;
- favqulodda vaziyatlar uchun mo‘ljallangan bolg‘acha, o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutichasi, avariya belgisi va nur qaytargichli kamzul bilan jihozlanmagan transport vositasidan foydalanish;
- atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar miqdori yoki shovqin darajasi belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan transport vositalarini boshqarish.
128-1-modda:
- transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (quloqchin yoki qo‘llarni ishlatmasdan gaplashish imkonini beruvchi qurilmalar bundan mustasno).
128-2-modda:
- haydash vaqtida tele- yoki videodasturlarni tomosha qilish maqsadida transport vositasi salonining old qismiga o‘rnatilgan monitor yoki displeydan foydalanish.
128-6-modda:
- haydovchilarning to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi.
135-1-modda:
- transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzishi.
138-moddaning 1 va 2-qismlari:
- piyodalarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi;
- yo‘lning qatnov qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tishi;
- piyodalar yo‘lning qatnov qismida yoki piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitob yoki davriy nashr o‘qishi, videomateriallar tomosha qilishi, audiomateriallar tinglashi yoki e’tiborni chalg‘ituvchi boshqa elektron vositalardan foydalanishi;
- skuter, moped, velosiped, individual harakatlanish vositalari hamda ulovli aravani boshqarayotgan shaxslarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi;
- haydovchilarga turli xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yo‘lning qatnov qismida turish yoki yo‘l ajratilgan hududlar atrofida mol boqish.
Ma’muriy ogohlantirish faqat shaxs o‘z qilmishidan chin dildan pushaymon bo‘lganda va boshqa huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda qo‘llanadi. Ushbu jazo chorasi bir shaxsga nisbatan bir yil davomida faqat bir marta qo‘llanishi mumkin.
Yangi tartib yo‘l harakati ishtirokchilarini jazolashdan ko‘ra, ularni ogohlantirish va qoidabuzarliklarning oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


