Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (07.02.2026)
2026-yilning 7-fevral, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Moliyaviy muammolar kechqurun ijobiy hal bo‘ladi. Sog‘lig‘ingizni asrang.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Salomatligingizga alohida yondashishingiz tavsiya etiladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘yish ham ortiqchalik qilmaydi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ishga va hayotga yana bir bor jiddiy nazar tashlab oling. Shunda yo‘l qo‘yayotgan xatolaringiz yaqqolroq ko‘zga tashlanishi mumkin.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Muhabbatda arazchiligingiz ishni buzib qo‘yishi mumkin. Ko‘ngilni keng qiling. Bu tashvish-u muammolar mehmon. Keladi-yu, ketadi.
Arslon (24.07 — 23.08)
Muammolaringiz shunchalar tez va oson bartaraf etiladiki, o‘zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz.
Parizod (24.08 — 23.09)
Ko‘cha-ko‘yda qarama-qarshi jins vakil hamda vakilalarining xushomadlaridan qoching. Boshqa masalalarda xiyonatga duch kelsangiz, kurashing.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Ishlaringiz o‘ngidan kela boshlaydi. Qarindoshlardan kimdir sizga tushdan keyinmi yo kechqurunmi moddiy ko‘mak berishi mumkin.
Chayon (24.10 — 22.11)
Maqsadga tartib bilan, mardona erishishga harakat qiling. Ko‘proq piyoda yurishga intiling.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugungi kunni imkon doirasida yaqinlaringiz bag‘rida kechiring. Uy yig‘ishtirish va kelajak rejalarni tuzish bugun alohida lazzat beradi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Taqdirda boriga shukr qilishdan yaxshisi yo‘q. Kun davomida iloji boricha kuzatuvchiga aylaning, kam gapirib, ko‘p kuzating.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Kasbingiz doirasida tashkil etiladigan har qanday ko‘rinishdagi tadbirlar faqat naf keltiradi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Kechki payt qarindoshlardan birining muammosi kayfiyatingizni buzishi mumkin. Yordam bering, qarindoshlarda hech qachon qolib ketmaydi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


