Buxoro yangiliklari

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari rahbarligidagi ishchi guruh Buxoroda

photo 04 13

Loading

Ishchi guruh tashrifining birinchi kuni hududlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi, deya xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmati.

Mas’ullarga ushbu sohaga butunlay boshqacha nigoh va mas’uliyat bilan yondashish, tadbirlarni mahallabay tashkil etish, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar toifasini aniq belgilab, har bir shaxs bilan individual tarzda ish olib borish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Buxoro viloyatining barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan o‘tkazilgan o‘quv-seminar mashg‘ulotida “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimi va “E-material” elektron tizimi bilan ishlash, tizimning imkoniyatlari hamda ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ikkinchi kuni mas’ullar raisligida fosh etilmagan qotillik va bosqinchilik bo‘yicha jinoyat ishlari yuzasidan o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlar natijalari muhokama qilindi.

[metaslider id=1643 cssclass=»»]

Mazkur jinoyat ishlari bo‘yicha tergov va tezkor-qidiruv tadbirlarining to‘liqligi, qonuniyligi, qidiruvdagi shaxslarni ushlash hamda jinoyatlarni fosh etish borasidagi kamchiliklar tanqid qilinib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Foto: Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmati

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.