Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (16.02.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 16-fevral, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Rahbarlar ish yuzasidan chorlashi mumkin. Agar bir nechta yangi g‘oyalarni o‘ylab topsangiz, tashrifingiz quruq bo‘lmasdi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Oilasiz bo‘lsangiz, o‘zingizga anchadan beri yoqib kelayotgan inson bilan ochiqchasiga gaplashib oling.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Bugun o‘zingiz uchun eng aziz va qadri baland insonlarni qayta yodga oling. Agar ularning qaysidir biridan anchadan beri xabar olmagan bo‘lsangiz, qo‘ng‘iroq qilib qo‘yishingiz tavsiya etiladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Ayrimlar ishxonasida hamkasblardan biri bilan ishqiy sarguzashtlarni boshdan kechirish istagida bo‘ladi. Lekin bu harakatlar faqat ko‘ngilsizlik bilangina tugashi mumkin.

Arslon (24.07 — 23.08)

Kunning birinchi yarmida yaqin do‘stlardan biri sizga kutilmagan sovg‘a taqdim etishi kutilmoqda. Shubhasiz, bu kayfiyatingizni ko‘tarib yuboradi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Muhim hujjatlarga imzo chekishni boshqa kun uchun qoldirganingiz ma’qul. Aldov va firibning isi chiqib qolishi mumkin.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Moliyaviy jihatdan qiyinchiliklarga ro‘baro‘ bo‘lishingiz kutilmoqda. Afsuski, bu muammoni bir necha soatda bartaraf etib bo‘lmaydi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Yangi ish boshlab, eskilarini unutgandingiz. O‘sha qolib ketgan yumushlarni ham kun davomida oxiriga yetkazib qo‘yavering, ziyon ko‘rmaysiz.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Shaxsiy hayotingizda chalkashliklar ko‘zga tashlanishi mumkin. Lekin ularni tez fursatda hal etasiz.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Agar arzimas narsadan fojia yasayversangiz, asab tizimingiz izdan chiqadi. Bekorga qo‘shimcha dard orttirib olasiz.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun emotsiyangizni shu qadar mahkam jilovlangki, etagingizdan bir millimetr ham tashqariga chiqa olmasin.

Baliq (20.02 — 20.03)

Muhabbatda oila qurishga ulgurmaganlar muvaffaqiyat qozonishadi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.