Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (17.02.2026)
2026-yilning 17-fevral, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Hayotda sodir bo‘lib turadigan ayrim vaziyatlarga qarshi borib qo‘ymaslik uchun ba’zi ishlarni ortga surib turishingizga to‘g‘ri keladi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Kun davomida tasodifan ko‘chada uchratib qolishingiz kutilayotgan odam kayfiyatingiz ko‘tarilishiga sababchi bo‘ladi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Oilalilar zudlik bilan ro‘zg‘ordagi muammolarni bartaraf etishlari tavsiya qilinadi. Salomatligingizni asrang.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Agar ishingiz doirasida foydali hamkorlik taklif etishsa, darrov rozilik bildiring. Shu bahonada katta ishlarga ham qo‘l urasiz.
Arslon (24.07 — 23.08)
Nimaiki ish boshlasangiz, bugun albatta oxiriga yetkazishingiz kerak. O‘zingizga ishongan holda ishlarni oqilona tashkillashtirishga harakat qiling.
Parizod (24.08 — 23.09)
Qalbingizni qanchalar xavotir va vahima kabi yoqimsiz holatlar band etsa ham ish haqida unutib qo‘ymang.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugun uy va moliyaviy masalalar bilan bog‘liq muammolarni hal etishingiz tavsiya qilinadi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Moliyaviy muammolarni bartaraf etishga juda ehtiyotkorlik bilan, tafakkurga suyangan holda to‘g‘ri yondashing.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Yangi tanishuvlarni boshdan kechirish uchun shinavandaga aylaning. Shunda moddiy manfaat ko‘rishingiz tayin.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Kunning ikkinchi yarmida ancha yillardan beri hal bo‘lmagan bir muammoni ijobiy hal qilasiz. Bu sizga moddiy manfaat hadya etadi. Qanday baxt! To‘g‘ri emasmi?
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ertalab uyqudan uyg‘oning-u, qilinajak ishlar rejasini tuzing. Oldindan tuzilgan bo‘lsa, yana bir karra ko‘zdan o‘tkazib oling.
Baliq (20.02 — 20.03)
Kimlardir qachonlardir katta pul yo‘qotgan bo‘lsa, bugun sira kutilmagan joydan o‘sha pullarni topib oladi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


