O‘zbekiston
1 million doza o‘zbek-xitoy vaksinasi yurtimizga olib kelindi
Bugun, 27-mart kuni Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan yurtimizda 3-bosqich sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining 1 million dozasi Xitoydan yurtimizga olib kelindi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A. Abduvohidov, Sog‘liqni saqlash vaziri A. Xadjibayev, Innovasion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonov va boshqa mas’ul idora mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston va Xitoy yangi vaksinani birgalikda ishlab chiqarish va foydalanilishga kelishgani bildirilgan edi. 2021-yil 1 mart kuni ZF-UZ-VAC 2001 koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) vaksina tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Bundan avvalroq, 17 mart kuni mamlakatimizga 660 ming doza “COVID-19”ga qarshi AstraZeneca vaksinasi ham olib kelingani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining GAVI tashkiloti bilan hamkorligi doirasida yilning oxiriga qadar mamlakatimizga umumiy mikdorda 20 foiz aholini emlash uchun yetarli darajadagi ushbu vaksinani, shpris va xavfsiz utilizasiya qutilarini yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
Hozirda emlash jarayonini boshlash uchun 3 ming 138 ta emlash punktlari hamda 862 ta mobil brigadalari shay holga keltirilgan. Shuningdek, vaksinalarni tashish va hududlarga yetkazish uchun YUNISEF 17 ta muzlatkichli yuk mashinasi va 206 ta Miniven-Labo avtomobillarini taqdim etgan.
Joriy yilda “COVID-19”ga qarshi emlanishi ko‘zda tutilgan fuqarolarning xavf guruhlariga ko‘ra taqsimoti quyidagicha:
– 65 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lganlar;
– 75 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lganlar;
– 85 yosh va undan yuqori bo‘lganlar;
– Tibbiyot xodimlari;
– Surunkali kasalliklari bor aholi (18-65 yosh);
– Maktab xodimlari;
– Maktabgacha ta’lim xodimlari;
– Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi