O‘zbekiston

Ro‘zayi Ramazon oyi sovg‘asi: minglab oilalarga 1 million so‘mdan beriladi

photo
Foto: Oyina.uz

Loading

Ramazon oyi oldidan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi. Prezident qaroriga ko‘ra, “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 800 milliard so‘m ajratiladi va ushbu mablag‘lar ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga yo‘naltiriladi.

Kimlar 1 million so‘m oladi?

Qarorga muvofiq, quyidagi toifadagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam beriladi:

  • Ijtimoiy reyestrdagi “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiruvchilar
  • O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar
  • Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalar

Yana kimlar qo‘llab-quvvatlanadi?

Bundan tashqari:

  • Ijtimoiy reyestrdagi “kambag‘al oila ”toifasidagi oilalarga
  • “Mahalla yettiligi” tomonidan tuziladigan qo‘shimcha ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga

500 ming so‘mdan bir martalik yordam ajratiladi.

Qo‘shimcha ro‘yxatga kiritiladigan oilalar soni hududdagi “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalar umumiy sonining 20 foizidan oshmasligi belgilangan.

6 ming bemorga alohida yordam

Yana bir muhim jihat — ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor a’zosi uchun davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlari qoplab beriladi.

Buning uchun maxsus axborot moduli 1 martga qadar ishga tushiriladi. Davolanishga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga yo‘llash va to‘lovlarni amalga oshirish aynan shu tizim orqali yo‘lga qo‘yiladi.

Mablag‘ qachon va qanday beriladi?

  • Yordam oluvchilar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi va mahalla tizimi tomonidan 5 kun ichida shakllantiriladi.
  • Ro‘yxat “Vaqf” fondiga taqdim etiladi.
  • Mablag‘lar 2026-yil 1-martga qadar “Xalq banki” orqali fuqarolarning ijtimoiy kartasi yoki bank kartasiga o‘tkaziladi.

Muhim jihat: ajratiladigan moddiy yordamlar jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisobida daromad sifatida kiritilmaydi.

Ramazon oyida saxovat va mehr-oqibatni mustahkamlash maqsadida ajratilayotgan ushbu mablag‘lar minglab oilalar uchun sezilarli yengillik bo‘lishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.