Buxoro yangiliklari

Ayollar uchun psixologik treninglar tashkil etildi

photo 01 16

Loading

Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi tomonidan Kogon shahri, Kogon va Qorako‘l tumanlarida “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftarga” kiritilgan ayollar uchun psixologik trening tashkil etildi, deya xabar bermoqda Buxoro viloyati DSB Matbuot xizmati.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ayollarimizning jamiyatdagini faolligini oshirish va shu orqali ularni kambag‘allikdan chiqish uchun harakat qilishga undashdir.

«Orzu maqsadlarga erishish sirlari» deb nomlangan ushbu treningda “Shukrona qalb” psixologik markazi asoschisi Sevara Haydarova ayollarga shaxsiy hayotlarida va ishda muvaffaqqiyatga erishishi yuzasidan psixologik tavsiyalar berdi.

[metaslider id=1692 cssclass=»»]

Trening davomida qatnashchilar o‘zlarini psixologik boshqarishning ba’zi bir usullari, o‘z ustida muvaffaqiyatli ishlash uchun kerakli sharoitlar yaratish yo‘llari, shaxsiy ko‘nikmalar rivojalinishini mukamallashtirish texnikalari bilan tanishishdi.

Shuningdek, oilaviy nizolar yoki boshqa sabablar tufayli tushkunlikka tushgan ayollarga nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida tushuntirishlar berildi.

Trening so‘nggida ayollar o‘z taassurotlarini aytishdi va 4-sektor ishchi guruhi bilan hamkorlikda hududdagi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftarga” kiritilgan ayollar uchun “Shukrona qalb” markazi psixologi Sevara Haydarova tomonidan 1 apreldan boshlab bir oy davomida bepul online ko‘rinishdagi treninglar o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Mazkur treninglarda ishtirokchilarga sog‘lom va mustahkam oilaning asoslari, kambag‘allikdan chiqish, tadbirkorlikni boshlash oldidagi hadikni yo‘qotish va eng asosiysi, ayollarimizning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish mavzularida suhbatlar olib boriladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.