Islom
Allohga eng mahbub makonlar – masjidlar, Allohning eng ko‘p g‘azabiga uchragan makonlar esa bozorlardir…
“Va albatta masjidlar Allohnikidir. Bas, Allohdan boshqaga duo qilmanglar” (Jin surasi 18-oyat).
Masjidlar Allohga ibodat qilish uchun bino qilingan joylardir, shuning uchun ham ular “Baytulloh” – Allohning uyi deb ataladi. Boshqa din vakillari o‘z ibodatxonalarida Allohga shirk keltirishar, yagona Allohdan o‘zgaga ham ibodat, duo qilishardi. Alloh taolo bu oyatda O‘z Payg‘ambari va mo‘min-musulmonlarni tavhidga-faqat Allohning O‘ziga ibodat qilishga chaqiradi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham hadislarida bot-bot takrorlab masjidraning qanday darajada fazilatli ekanligini takrorlaganlar. Abu Xurayra roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Allohga eng mahbub makonlar masjidlardir. Allohning eng ko‘p g‘azabiga uchragan makonlar bozorlardir”, dedilar (Muslim rivoyati).
Masjidlarda Allohga ibodat qilinadi, va’z nasihatlar qilinadi, ilm o‘rganiladi. Musulmonlarning ikki dunyo foydasiga oid ishlar bo‘ladi. Shuning mo‘min doimo masjidga talpinadi, qalbi masjid bilan vobasta bo‘ladi. Har namozni jamoat bilan birga o‘qishga harakat qiladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tasvirlab bergan jannat bog‘larida ibodat qilayotganidan qalbiga sakinat tushib bunday rohatni boshqa joydan topib bilmaydi.
Abu Xurayra roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qachon jannat bog‘lari yonidan o‘tsangiz, sayil qiling”, dedilar. Men: “Ey Allohning Rasuli, jannat bog‘lari nimadir?” dedim. U zot: “Masjidlar”, dedilar. “Sayil nimadir, Ey Allohning Rasuli?” dedim. “Subhanollohi val hamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar” dedilar. Termiziy rivoyati
Masjidlarda 5 mahal namozlarni o‘qir ekanmiz qanchalik shukronalar, hamdu sanolar aytar ekanmiz shunchalik kam. Masjidga jamoat namozlariga qatnash, Jum’a-Hayit namozlarini o‘qish qanchalik ne’mat ekanini bugungi kunda bilib turibmiz. Masjidlarni sog‘indik, Jamoatni sog‘indik, 1-safda o‘tiradigan muysafid duogo‘y otalarimizni sog‘indik.
Bizlarni uyingda ibodat qiladigan, uylaringni obod qiladiganlardan, O‘zi oyatida ta’kidlaginidek hidoyat topguvchilaridan qilishini so‘rab qolamiz:
“Albatta Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to‘kis ado etganlar, Zakot berganlar va Allohdan boshqadan qo‘rqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana o‘shalar hidoyat topuvchilardan bo‘lsalar” Tavba surasi, 18-oyat.
Barchamizni O‘zining uyida qilayotgan xizmatlarimizni qabul qilsin. Imom xatiblarimiz va ularga yordamchi bo‘lib turgan, moddiy, ma’naviy, o‘z maslaxatlari bilan yordamamchi bo‘layotganlarni, dargohi oliyida maqbul-u xayrli aylasin. Tez orada masjidlarda jamoat bo‘lib ibodatda turishlikni, barcha birodar azizlarimiz bilan Jum’a kunlarida jamoatda turib, yorug‘ yuz ila uchrashib, tabassum ulashishlikni nasib-u ro‘zi aylasin! Alloh barchamizni avf-u mag‘firat aylab dard chekkan azizlarimizga shifoyu komillar ato aylasin!
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


