Buxoro yangiliklari
Buxoroda tungi reydlar: havoni ifloslantirayotgan manbalar nazoratga olindi
Atmosfera havosiga zararli tashlamalar chiqarayotgan manbalarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida Maxsus komissiya tomonidan reyd tadbirlari izchil davom ettirilmoqda. Jarayon doirasida sanoat korxonalari, xo‘jalik subyektlari hamda issiqxonalar faoliyati tunu kun o‘rganilib, atrof-muhitga ta’siri sinchiklab tahlil qilinmoqda.
Navbatdagi tungi reyd Buxoro viloyati, Buxoro tumanida o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida “Oybek” MFY hududida joylashgan “Bunyodkor” MChJga qarashli pishiq g‘isht ishlab chiqarish zavodi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tumanning “Rabotak” MFY hududida joylashgan, “Buxoro Agro Invest” MChJga tegishli 1 gektar maydondagi issiqxonada pomidor yetishtirish jarayoni ham tekshirildi.
Reyd chog‘ida ayniqsa ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi. Yoqilg‘ining to‘liq va samarali yonishi, ortiqcha tutun chiqishining oldini olish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda o‘rnatilgan havoni tozalash uskunalarining samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan mas’ul shaxslarga aniq tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur nazorat tadbirlari aholining sog‘lom va musaffo muhitda yashash huquqini ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan birga, issiqxona xo‘jaliklari va sanoat korxonalarida ekologik talablarga qat’iy rioya etilishini kuchaytirish, atmosfera havosi sifatini yaxshilash hamda profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish asosiy maqsad qilib belgilangan.
Reyd tadbirlari davom etmoqda va nazorat ishlari izchil ravishda olib boriladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


