Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (24.02.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 24-fevral, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Taqdiringizda tub burilish sodr bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, shaxsiy hayotingizda ham omadli lahzalar kuzatiladi

Buzoq (21.04 — 21.05)

Kelajagingizni qurish yo‘lida siz uchun bir talay imkoniyatlar eshiklari ochiladi. Bu vaziyatdan unumli foydalanib qoling.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Kunning birinchi yarmida yoqimli uchrashuvlarni boshdan kechirasiz. Uchrashuv qalbingizdagi g‘ashlikni tumandek tarqatadi va Siz ancha yengil tortasiz.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Shaxsiy hayotingizga bugun e’tibor qaratib ovora bo‘lmang. Bugungacha qanday bo‘lsa, shundayligicha qolaversin.

Arslon (24.07 — 23.08)

Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda ba’zi to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin. Sergak turing. Birovga pul qarz bera ko‘rmang.

Parizod (24.08 — 23.09)

Oila qurmaganlar ham muhabbatda omadga erishishlari kutiladi. Sizni kun davomida ehtiros hamda yoqimli hislar tark etmaydi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Rahbarlar ertalab yangi ish topshirgan bo‘lishsa, dangasalikni yig‘ishtiring-da, astoydil yeng shimarib ish boshlang.

Chayon (24.10 — 22.11)

Juftingizga arzimas gap-so‘z yoki mish-mish tufayli ishonmay qo‘ymang. Bu yaxshilikka olib kelmaydi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Kelajak haqida kamroq bosh qotiring. Bugungi kun bilan yashashga harakat qiling.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Bugun zararli odatlarni tashlash, velosport bilan shug‘ullanish juda xayrli va yoqimli kechadi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Sizni ko‘ra olmaydigan, nuqul yo‘lingizga to‘siq qo‘yishga urinib yashaydiganlar bilan muloqot qilishga to‘g‘ri kelsa, arzirli sabab toping-u, yo‘lingizda davom eting.

Baliq (20.02 — 20.03)

Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishni davom ettirishingiz uchun sizda bilim ham, tajriba-yu, aql ham yetarli. Faqat rahbaringiz qabulida bo‘lib, maosh oshirilishini iltimos qilsangiz, yanada yaxshiroq bo‘lardi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.