Buxoro yangiliklari

Buxoroda ikki muhim tayinlov: vokzal va ekologiya boshqaruvida yangi rahbarlar ish boshladi

picture
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoro viloyatida ikki muhim tizim — temiryo‘l infratuzilmasi hamda ekologiya yo‘nalishida yangi rahbarlar faoliyat boshladi. “Temiryo‘l vokzallari” MChJ Buxoro vokzali boshlig‘i lavozimiga Urakov Sherzod Abdunaimovich tayinlandi. Shuningdek, Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i etib Abdullayev Jasurbek Ubaydullayevich tayinlandi.

Sherzod Urakov 1988-yil 12-aprelda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2010-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya institutini, 2023-yilda esa Toshkent davlat transport universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha menejment, tashishni tashkil etish va transport logistikasi yo‘nalishlari mutaxassisi hisoblanadi. Tayinlovga qadar u “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tasarrufidagi “Yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish agentligi”ning Buxoro hududiy bo‘linmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi. Yangi lavozimda u Buxoro vokzali faoliyatini samarali tashkil etish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va transport jarayonlarini takomillashtirishga mas’ul bo‘ladi.

Shuningdek, avval ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Bazarov Fayzullojon Muxiddinovich “Temiryo‘l vokzallari” MChJ Navoiy temiryo‘l vokzali boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Ekologiya tizimida ham muhim o‘zgarish amalga oshirildi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Abdullayev Jasurbek Ubaydullayevich Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1981-yil 7-oktabrda Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetining bakalavr bosqichini, 2004-yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida u Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida, “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasida hamda boshqa qator tashkilotlarda turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. So‘nggi yillarda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida faoliyat yuritib kelgan.

Mazkur tayinlovlar hududda transport infratuzilmasini rivojlantirish va ekologik boshqaruv samaradorligini oshirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.