Qiziqarli

Dasturxondagi cho‘chqa go‘shti mojarosi: “Bir yomg‘ir ostida” turk seriali tomoshabinlarini yo‘qotmoqda

picture
Foto: ATV (Turkiya)

Loading

Turkiyada namoyish etilayotgan “Bir yomg‘ir ostida” (Ayni Yagmur Altinda) nomli dramatik serial atrofida yuzaga kelgan mojaro uning reytinglariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Internetda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan sahnadan so‘ng loyiha tomoshabinlar sonini keskin yo‘qota boshlagan.

Bahsli kechki ovqat sahnasi tanqidlarga sabab bo‘ldi

Ikkinchi epizodda Tulin ismli qahramon (rolni aktrisa Mine Chayıro‘g‘lu ijro etadi) konservativ musulmon oilaga “sabzi bilan qovurilgan cho‘chqa go‘shti” taomini tortiq qiladi. Aynan shu epizod ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqid ostiga olindi.

picture 02

Ayrim muxlislar sahnani “provokatsion” va “hayotdan yiroq” deb baholadi. Ularning fikricha, 85 millionga yaqin musulmon aholisi yashaydigan mamlakatda bunday epizod jamiyatdagi qarama-qarshiliklarni kuchaytirishi mumkin.

Kuzatuvchilarning ayrimlari esa muammo taomning o‘zida emas, balki sahna kontekstida va dialoglarda bo‘lganini ta’kidladi. Sahnada oila a’zolarining hayrat va norozilik bilan aytgan “Cho‘chqa?”, “Bu hurmatsizlik!”, “Hatto nasroniy kelin ham sendan ko‘ra hurmatliroq” kabi iboralari tomoshabinlar tomonidan syujetni chuqurlashtirish emas, balki ataylab keskinlik yaratish vositasi sifatida talqin qilingan.

Tomoshabinlar soni 35 foizga kamaydi

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, uchinchi epizod auditoriyasi bir hafta ichida 35 foizga qisqargan. Birinchi qismni taxminan 2,5 million tomoshabin ko‘rgan bo‘lsa, ikkinchi epizod 2,1 million tomoshabinni jalb qilgan. Mojaroli qism efirga uzatilgach, serial reyting jadvalining uch asosiy toifasida ham oxirgi o‘rinlarni egallagani aytilmoqda.

Efir vaqti o‘zgartirildi

Keskin pasayish fonida milliy telekanal ATV rahbariyati serialning efir vaqtini o‘zgartirishga qaror qildi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, to‘rtinchi epizoddan boshlab “Bir yomg‘ir ostida” yakshanba oqshomlariga ko‘chiriladi. Maqsad — auditoriyani qayta jalb qilish va loyihaning reytingini tiklash.

Syujet va yulduzlar tarkibi

Serial voqealari Roza ismli inson huquqlari faoli atrofida kechadi. U Londonda G‘azoni qo‘llab-quvvatlash namoyishida qatnashgach, hayoti keskin o‘zgaradi. Og‘ir kasallik sabab Istanbulga qaytgan Roza o‘sha namoyishda tanishgan Ali bilan uchrashadi. Ular o‘rtasida tez orada muhabbat paydo bo‘ladi, biroq bu munosabat murakkab inqirozlarga va taqdiriy qarorlarga olib keladi.

Loyihada turk kinosining taniqli aktyorlari — Hülya Avşar, Deniz Uğur, Levent Ülgen va Fikret Kuşkan ishtirok etgan.

Hozirda serial mojaro ortidan murakkab sinov bosqichini boshdan kechirmoqda. Ushbu holat loyiha reytinglari va kelgusi taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.