Mashhurlar

Dunyoning eng badavlat modeli Kendall Jenner sarvqomat bo‘lish uchun qanday nonushta qiladi?

picture
Foto: Hearstapps.com

Loading

Diyetolog Kendallning mukammal qomati sirini ochdi. Monika Partening aytishicha, Kendall Jennerning standart nonushtasi atigi 200 kaloriyaga ega. Mashhur modelning ertalabki taomlaridan biri asosan rezavor mevalardan iborat. Daryo maqolasi shu haqda.

U nonushtaga yangi malina, qulupnay va maymunjon isteʼmol qiladi. Ularda ko‘p miqdorda kletchatka va vitaminlar mavjud. Kendall, shuningdek, ajoyib antioksidant hisoblanuvchi va tarkibida C, xrom, magniy, selen va rux vitaminlari bo‘lgan matcha yashil choyini afzal ko‘radi.

picture 03

Taomlanish bo‘yicha mutaxassisning taʼkidlashicha, Kendall, shuningdek, yunon yogurti, yong‘oq va kurkuma qo‘shilgan qahva ichimligi bilan muntazam ravishda nonushta qiladi. Bunday ratsion tarkibida ichak uchun foydali mikroelementlar mavjud.

picture 02

Kendall Jennerning boyligi hozirgi kunda 60 million dollarga baholanmoqda. U reklama kampaniyalari va ko‘rgazmalarida model sifatida qatnashish orqali, shuningdek, Keeping Up With the Kardashians oilaviy realiti-shousida ishtirok etib daromad topadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.