Salomatlik

Dori shart emas! Bel og‘rig‘ini oddiy yo‘l bilan yenging

picture
Foto: Freepic.com

Loading

Zamonaviy hayot tarzi inson salomatligida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Uzoq vaqt davomida kompyuter qarshisida o‘tirish, jismoniy harakatning kamayishi va passiv turmush tarzi ayniqsa bel va orqa mushaklarida og‘riq paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislar bu holatni “sivilizatsiya kasalliklari” qatoriga kiritadi. Daryo maqolasi shu haqida.

So‘nggi yillarda surunkali bel og‘rig‘i butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan holatga aylangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu og‘riq mehnatga layoqatsizlikning yetakchi sabablaridan biri bo‘lib, har yili sog‘liqni saqlash tizimiga katta xarajatlarni keltirib chiqaradi. Tibbiy tasnifga ko‘ra, beldagi og‘riq uch oydan ortiq davom etsa, u surunkali deb baholanadi.

Norvegiyaning Fan va texnologiyalar universiteti (NTNU) olimlari bu borada qiziqarli tadqiqot o‘tkazdi. Unga ko‘ra, har kuni piyoda yurish surunkali bel og‘rig‘ining oldini olishda samarali vosita bo‘lishi mumkin. Olimlar 11 mingdan ortiq Norvegiya fuqarolarining sog‘lig‘i va jismoniy faolligini kuzatib, ularning yurish odatlarini tahlil qilishdi. Tadqiqotda qatnashganlar bir hafta davomida akselerometr deb ataluvchi maxsus qurilma taqib yurishdi. Bu moslama yurish davomiyligi va tezligini aniq o‘lchab boradi. Shundan so‘ng olimlar ishtirokchilarning sog‘lig‘ini to‘rt yildan ortiq vaqt davomida kuzatdi.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, kuniga kamida 100 daqiqa piyoda yurganlar orasida bel og‘rig‘ining vujudga kelish xavfi 23 foizga kamroq bo‘lgan. Eng yaxshi natijalar esa o‘rtacha tezlikda, ammo muntazam va yetarlicha uzoq yurgan odamlarda kuzatilgan. Shu bilan birga, yurish tezligi muhim bo‘lsa-da, asosiy omil bu yurishning davomiyligi ekani ta’kidlangan.

Piyoda yurish oddiy, ammo samarali mashg‘ulot bo‘lib, sportzalga borishni, zalga abonement xarid qilishni, maxsus uskunalar sotib olishni yoki murabbiy yollashni talab qilmaydi. Har kuni yurishga atigi 1 soat vaqt ajratishning o‘zi bel salomatligini saqlash uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

Shifokorlar ushbu xulosani qo‘llab-quvvatlab, odamlarni ishga piyoda yurish, lift o‘rniga zinadan foydalanish yoki ovqatdan keyin qisqa sayr qilish kabi mayda odatlarni kundalik hayotga kiritishga undamoqda. Bu oddiy choralar yordamida nafaqat bel og‘rig‘i, balki yurak-qon tomir va boshqa harakatsizlik bilan bog‘liq kasalliklarning oldi olinadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.