Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (02.03.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 2-mart, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Oldin oilaviy ishlarni uddalash bilan band bo‘ling. Ana undan keyin asosiy ishga o‘tsangiz bo‘ladi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Kunning ikkinchi yarmida qarindoshlar bilan sen-menga borishingiz ehtimoli bor.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Agar emotsiya va xohishlarni nazorat eta olishingizga ko‘zingiz yetmasa, mayda-chuyda ishlar bilan band bo‘lish harakatiga tushing.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Iliq munosabatlarni ham qarindoshlar, ham hamkasblar bilan saqlab qoling. Kechqurun sog‘lig‘ingizga bir ko‘z tashlab qo‘ying

Arslon (24.07 — 23.08)

Yaqinlaringiz bilan dildan suhbat qurishingiz kutilmoqda. Suhbat ba’zi orzularingiz haqiqatga aylanishini ta’minlashi ehtimolga yaqin.

Parizod (24.08 — 23.09)

Bugun ishlaringiz shu qadar ko‘p bo‘lishi kutilmoqdaki, do‘stlar ko‘magisiz ularni to‘liq uddalay bilmaysiz.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Kun davomida ishxonada hamkasblarning biri bilan bahslashib qolishingiz ehtimoli bor. Muhabbatda tinglovchi rolini ijro qiling.

Chayon (24.10 — 22.11)

Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun ham alohida iste’dod talab qilinadi. Kechqurun do‘stlardan biri uyingizga mehmon bo‘lib kelishi mumkin.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun ish joyingizda o‘zingiz emas, hamkasblarning tajribasiga suyangan holda harakatlar sodir etasiz. Xayriyatki, jamoangizda sizga nisbatan tajribalilar topiladi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Shaxsiy hayotda yetakchilikka intilmang. Yon bering. Bu juftingizning fe’lini yumshatadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun ertalabdan omadingiz kuladi. Martabangiz kutilmaganda yuqorilash pallasiga kiradi. Ketidan mo‘may daromad qo‘lingizga kelib tushadi.

Baliq (20.02 — 20.03)

O‘zgalarning fikri bilan ham hisoblashing. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.