Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (04.03.2026)
2026-yilning 4-mart, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Ish joyingizda bugun ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishasiz. Quvonchli, yoqimli lahzalaringiz bisyor bo‘ladi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Atrofdagilar bilan munosabatlarda juda ehtiyot bo‘ling. Arzimas o‘ylamay gapirilgan gap ham katta janjalga aylanib ketishi mumkin.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Hamkasblar bilan birgalikda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda o‘z ezgu maqsadlaringizga yeta olasiz
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Pulni nihoyatda tejab ishlating. Shunda yaqin kelajakda o‘zingiz yoqtirgan buyumlarni sira qiynalmasdan, qarz ko‘tarmasdan xarid qilish imkoniga ega bo‘lasiz.
Arslon (24.07 — 23.08)
Muhabbatda qisqa tanaffuslar tashkil etish faqat yaxshilik keltiradi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Kunning birinchi yarmida ba’zilar o‘zini juda lohas his etishi, ayrimlar depressiya holatiga tushib qolishlari kutiladi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Shaxsiy hayotda barcha qarorlarni siz chiqarishingiz zarur. Bu juftingiz bilan o‘zaro munosabatlaringiz mustahkamlanishiga turtki bo‘ladi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Kuningiz juda yoqimli va “qaynoq” o‘tishi kutilmoqda. Atrofdagilar, hamkasblar ham siz chiqargan qarorlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor turadi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Siz keyingi paytlarda yaqin insonlarga keragidan kam e’tibor, hurmat bajo aylay boshlagansiz. Qayerlargadir “ketib qolgan” azaliy mehr-oqibatni qaytaring.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Moliyaviy masalada rejalaringiz amalga oshmay qolish ehtimoli bor. Biroq yaqin tanishingiz moddiy jihatdan sizga albatta yordam ko‘rsatadi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Tashqariga yupun kiyingan holda chiqmang. Aks holda shamollab, mushkul vaziyatda qolishingiz mumkin.
Baliq (20.02 — 20.03)
Bugungi kun ayni siz orzulagandek kechishi kutilmoqda. Neki ishga qo‘l urmang, to‘siqlarsiz muvaffaqiyat qozonasiz.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


