Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (05.03.2026)
2026-yilning 4-mart, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Juftingiz bilan har bir ishga qo‘l urishdan oldin albatta maslahatlashing. “Er-xotin— qo‘sh ho‘kiz” deb bekorga aytishmagan.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Shaxsiy hayotdagi muammolarni ijobiy hal etishda xudbinlik kerak bo‘ladi. Lekin uni haddidan oshirib yubormang. Me’yorni biling.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ijodkor bo‘lsangiz, kun davomida muxlis va muxlisalaringiz siz tomon talpinishdan tiyila olmay halak bo‘lishadi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Kechqurun juftingiz yoki yaqin qarindoshlar bilan do‘kon aylanishingiz, o‘zingiz yoqtirgan buyumlarni xarid qilishingiz mumkin.
Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun ishxonadagi yumushlarni faqat mustaqil tarzda, o‘zgalar yordamiga tayanmagan holda bajarishingiz kerak bo‘ladi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Miyangizni yangi-yangi g‘oyalar chulg‘ab turibdi. O‘shalarni haqiqatga aylantirish harakatida bo‘ling.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Yomonlar maslahatiga quloq tutib qo‘ymang. Boshingizdan o‘tayotgan va o‘tadigan hodisalarga aslo hazil aralash boqmang
Chayon (24.10 — 22.11)
Afsuski, bilib-bilmay arzimas narsalarga katta pul sarflab qo‘yishingiz mumkin. Shunday ekan, oldindan buning tadorigini ko‘rib qo‘ying.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun ruh va tana orasida garmoniya paydo bo‘lishini ta’minlashga harakat qiling.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Agar qimmatli va foydali buyum sotib olishni orzulagan bo‘lsangiz, mayda xaridlardan voz keching.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ruhiy holatingiz, martabangiz hamda pul jamg‘armangiz masalasida yana bir bor bosh qotiring.
Baliq (20.02 — 20.03)
O‘zingizga, dunyoga real nazar bilan boqing. Har bir ishda faollik ko‘rsating.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


