Salomatlik

Gipertoniyaning oldini olishning oddiy usuli aniqlandi

pic
Foto: Complimed.com.ua

Loading

Ovqatlanishingizda oqsil manbalari qanchalik xilma-xil bo‘lsa, qon bosimining ko‘tarilish xavfi shunchalik past bo‘ladi. Bunday xulosaga Xitoyning bir nechta tibbiyot va ilmiy markazlari olimlari kelishdi. Daryo shular haqida yozmoqda.

Tadqiqotchilar Xitoyning 12 mingdan ortiq aholisining sog‘ligi va ovqatlanishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Bu odamlarning barchasi 1997-yildan 2015-yilgacha bo‘lgan davrda so‘rovdan oldingi 3 kun davomida o‘zlarining ovqatlanishlari to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot berib turishgan. Har bir ishtirokchi o‘zining “oqsil xilma-xilligi bali”ni oldi. Bu bal uning ovqatlanishida sakkizta oqsil manbalaridan nechtasi mavjudligiga qarab hisoblangan.

Bu oqsil manbalari quyidagilardan iborat edi: butun donli mahsulotlar, tozalangan donli mahsulotlar, go‘sht mahsulotlari (kolbasa, sosiska va boshqalar), qizil go‘sht, tovuq go‘shti, baliq, tuxum va dukkakli o‘simliklar. Har bir manba bir ball olgan, shuning uchun to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ball sakkizga teng bo‘lgan. Keyin tadqiqotchilar gipertoniya bilan kasallanish ko‘rsatkichlarini “oqsil xilma-xilligi ballari” bilan solishtirdilar.

Natijada, ikki balldan kam to‘plaganlar bilan taqqoslaganda, ovqatlanishida maksimal oqsil xilma-xilligi (to‘rt balldan yuqori) bo‘lgan odamlarda gipertoniya xavfi 66% ga kamayishi aniqlandi. Bunda gap oqsil miqdori haqida emas, aynan xilma-xillik haqida ketayotganini tadqiqotchilar alohida ta’kidlashmoqda.

Gipertoniya xavfi va iste’mol qilinadigan oqsil miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ovqat bilan haddan tashqari kam yoki haddan ziyod ko‘p oqsil qabul qiladigan odamlarda kasallik rivojlanish ehtimoli eng yuqori darajada ekan.

Demak, arterial bosim ko‘tarilishining oldini olish uchun muvozanatli ovqatlanish muhim bo‘lib, bunda oqsil bitta emas, balki turli manbalardan olinishi kerak.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.