Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (06.03.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 6-mart, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun bilibmi-bilmaymi, shoshma-shosharlik natijasidami, xohish, istaklaringizni nazoratdan qochirishingiz ehtimoli bor.

Buzoq (21.04 — 21.05)

“Tashqarida” qarama-qarshi jins vakil hamda vakilalari bilan yaqin munosabatlarga kirishmang. Bu sizga faqat ziyon yetkazadi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Oila qurishga ulgurmaganlar kechqurun orzusidagi insonni uchratishlari mumkin. Baxtingizni bersin!

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Bugun zararli odatlardan voz kechish juda xayrli va muvaffaqiyatli kechadi. Xohlasangiz, o‘tgan yaqinlaringizni xotirlang, ular haqiga duolar o‘qing, yengil tortasiz.

Arslon (24.07 — 23.08)

Oila qurmaganlar kechqurun romantik uchrashuvni boshdan kechirishadi. Bu kelgusida jiddiy munosabatlarga aylanishi tayinga o‘xshab turibdi.

Parizod (24.08 — 23.09)

O‘zingizga nisbatan tajribasi ko‘proq hamkasblardan nimalarnidir o‘rganishga harakat qiling.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Asablarni ehtiyot qiling. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, profilaktik amallarni o‘z vaqtida ado qiling.

Chayon (24.10 — 22.11)

Juftingiz bilan bugun sira bir to‘xtamga kela olmaysiz. Bunday vaziyatlarda yon berishdan bo‘lak ilojingiz yo‘q.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Baxt, boylik va muhabbatga baravar ega chiqishni xohlay boshlaysiz. To‘g‘ri, orzuga ayb yo‘q. Ammo siz orzulagandek natijaga erishish uchun o‘ta faol bo‘lish talab etiladi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Kunning ikkinchi yarmida sizga qo‘shimcha daromadli ish, yangi kasb taklif etishlari kutiladi. Bunday lahzalarda yetti o‘lchab bir kesgan ma’qul.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Ovqatlanish rejimini buzmang. Tashqariga chiqayotganda, havoning avzoyiga qarab kiyining.

Baliq (20.02 — 20.03)

Agar dunyoga optimist nazari bilan boqa olsangiz, shaxsiy hayotingizdagi muammolarni so‘nggi nuqtasigacha yo‘q qilib, hayotingizni gulzorga aylantirasiz.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.