Buxoro yangiliklari

Buxoroda viloyat hokimi Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida sayyor qabuli o‘tkazdi. Natija qanday?

pic
Foto: Buxoro viloyat hokimiligi

Loading

7-mart kuni Buxoro shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazi binosida viloyat hokimi Botir Zaripovning jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda nafaqat Buxoro shahri aholisi, balki viloyatning turli hududlaridan kelgan fuqarolar ham ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan murojaat qildi.

Qariyb 10 soat davom etgan qabul jarayonida 147 nafar fuqaroning murojaati birma-bir tinglandi. Asosan kommunal soha, ishsizlikni bartaraf etish, davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam olish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, qurilish va arxitektura, yer hamda uy-joy ajratish, shuningdek sud-huquq masalalari bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ko‘plab fuqarolar umumiy manfaatlarga xizmat qiladigan ijtimoiy masalalarni ham ko‘tardi. Jumladan, yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, ariq va zahkashlarni tozalash bo‘yicha taklif va murojaatlar bildirildi.

Qabul davomida ayrim murojaatlar shu yerning o‘zida hal etildi. Batafsil o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga aniq muddatlar belgilangan holda topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor qabul doirasida fuqarolar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.

pic 02

Ko‘plab viloyatdoshlar avvalgi sayyor qabullarda ko‘tarilgan masalalar ijobiy hal etilganini aytib, viloyat hokimiga minnatdorlik bildirdi. Bu esa bunday uchrashuvlarning aholining muammolarini joyida o‘rganish va hal etishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.