Buxoro yangiliklari
G‘ijduvonda qalbaki dorilarni uyda tayyorlab, dorixonalar orqali sotib kelgan oilaviy jinoiy guruh qo‘lga olindi
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida qalbaki va sifati kafolatlanmagan dori vositalarini tayyorlab, sotish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, G‘ijduvon tumanida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z oila a’zolari bilan birgalikda uy sharoitida qo‘lbola usulda turli dori vositalarini tayyorlab kelgan. Tergovga oid dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tayyorlangan mahsulotlar noqonuniy tarzda sotuvga chiqarilgan.
O‘rganishlar davomida qonunbuzarlar dori vositalarini saqlash uchun 1 ta manzildan, ularni realizatsiya qilish uchun esa ikki dorixonadan foydalanib kelayotgani aniqlandi. Ushbu manzillar belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari aniqlangan.
Tekshiruv natijasida jami 193 turdagi 47 821 dona, umumiy taxminiy qiymati 500 million so‘mdan ortiq bo‘lgan dori vositalari topildi. Ularning bir qismi kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgani, yana bir qismi esa qo‘lbola usulda tayyorlangani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, 6 989 dona dori vositalarining bo‘sh qutilari, yorliqlar, 3 ta dori qadoqlash uskunasi hamda 2 qop yo‘riqnomalar ham ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Aniqlangan dori vositalari “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga ekspertiza xulosasini olish uchun yuborilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mutasaddi idoralar fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda. Agar kundalik hayotda sifati noma’lum yoki noqonuniy dori vositalari savdosi bilan bog‘liq holatlarga duch kelinsa, Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkin. Murojaat qilgan shaxsning ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


