Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (13.03.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 13-mart, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Kunning ikkinchi yarmida asosan moliyaviy masalalar bilan shug‘ullanishingiz kutiladi. Shubhasiz, bu muammo ham sizning foydangizga hal bo‘ladi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Tanish-bilishlar, do‘stlar, yaqinlaringizning sizga nisbatan hurmat va izzati birmuncha oshganiga guvoh bo‘lasiz.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Muhabbatda bugun aql sira shart emas. Yaxshisi, o‘zingizni sal telbaga solvoling.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Shaxsiy hayotda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdan saqlaning. Juftingizni yo‘rig‘ingizga yurg‘azishga urinavermang, bu judolik keltirib qo‘ymasin tag‘in. O

Arslon (24.07 — 23.08)

Uyni kengaytirish, mashina sotib olish haqida orzu qilayotgan bo‘lsangiz, hali vaqt bor.

Parizod (24.08 — 23.09)

Bugun taqdirdan sira ham nolimang. Mayli, u sizga boshqalarga nisbatan kamroq baxt, omad, quvonch ulashayotgan bo‘lsa-da, baribir shukur qiling.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Shaxsiy hayotda ayrimlar jufti yoki bo‘lg‘usi jufti bilan janjallashib qolishi kutiladi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Muhabbatda o‘ta kamtarlik zarur bo‘ladi. Ehtiroslarni jilovlang. Aziz insoningizga ko‘proq mehr bering.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Kechqurun og‘ir hazm bo‘luvchi taomlardan qoching, shaxsiy mashinangizda ko‘chaga chiqmang.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Bugun nimaiki ishga qo‘l urmang, faqat tafakkurga quloq tuting. Qalb sadosi yordam bera olmaydi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Moliyaviy masalada muvaffaqiyat qozonasiz. Milliarderga aylanmassiz-u, biroq cho‘ntagingiz pulsiz ham qolmaydi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Bugunga o‘zingizcha hech kimning xayolida yo‘q narsalarni o‘ylab topishdan tiyiling.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.