Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (14.03.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 14-mart, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun kuningiz xayrli kechadi. Faqat yordamga muhtojlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlasangizgina u xayrli kechadi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Bugun nafaqat birovlar, hatto, o‘zingizga ham biror masalada va’da bera ko‘rmang. Sababi bugun berilgan va’dalarni o‘z vaqtida ado eta olmaysiz.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Ba’zilar ishxonadagi hamkasbi bilan ishqiy sarguzashtlar boshlash arafasida turgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu roman yaxshilikka olib kelmaydi

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Shaxsiy hayotda juftingiz bilan iliq munosabatlar kutilmoqda. Ularni yanada mustahkamlash uchun uni sayru sayohatga taklif etsangiz ham ziyon qilmasdi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Ijodiy va shaxsiy masaladagi ishlaringiz baroridan keladi. Sizga hamisha yordam qo‘lini cho‘zib kelganlarga siz ham bugun muruvvat ko‘rsating.

Parizod (24.08 — 23.09)

Neki maqsadni ko‘zlasangiz, bugun so‘zsiz uddalaysiz. Tashabbuskorlikni qo‘ldan bermang.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Ob-havoning avzoyiga qarab kiyining. Yaqinlar bilan qiziqarli suhbatlar uyushtirish bugun juda xayrli kechadi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Ovqatlanish rejimini buzmang. Uxlashga yotishingizdan oldin sizga eski qadrdonlardan biri qo‘ng‘iroq qilishi mumkin

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Zerikarli ishlar nafaqat sizni daromaddan mahrum etishi, balki sog‘lig‘ingizga ham salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Ilgari kimlar bilan janjallashgan, sen-menga borgan, janjallashgan bo‘lsangiz, birinchi bo‘lib uzr so‘rang.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Aqliy mehnat bilan band do‘stlarimiz hamkasblarga haqiqiy professional ekanliklarini, hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan salohiyatini namoyish etsalar nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Serqatnov yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Jarohat olishingiz ehtimoli bor. Salomatlikka alohida e’tibor qarating.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.