Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (15.03.2026)
2026-yilning 15-mart, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kechqurun reja tuzishda masalaga ijodiy yondashing. Shunda bugungidek xafaqon kayfiyatda qolmaysiz
Buzoq (21.04 — 21.05)
Kechqurun siz uchun do‘stlar va oila a’zolaringiz qurshovida yoqimli kechadigan tadbirda ishtirok etishingiz mumkin.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Yulduzlar bugun kunning birinchi yarmida anchadan beri sizni qiynab kelayotgan muammo xamirdan qil sug‘urgan kabi tez va oson hal bo‘lishini bashorat qilishgan.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Atrofdagilarga xalal berib, tinchini buzayotgan bir muammo borki, uni sizdan boshqasi bartaraf eta olmaydi.
Arslon (24.07 — 23.08)
Muhabbatda arzimas xato ham sizga juda qimmatga tushishi mumkin.
Parizod (24.08 — 23.09)
Moliyaviy masalada do‘stlaringiz yordam berishadi. Zinhor birovdan qarz ola ko‘rmang.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Nimadandir, kimlardandir norozi bo‘lsangiz, bu holatni atrofdagilardan sir tuting. Ayniqsa, qarindoshlar bilan kelisha olmayotgan bo‘lsangiz, buni tashqaridagilar bilmay qo‘ya qolgani ma’qul.
Chayon (24.10 — 22.11)
Vujudingizda g‘ayrat va shijoat to‘lib-toshishi kutiladi. Bir-biridan ajoyib, hayajonli, qaynoq lahzalarni boshdan o‘tkazasiz.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Oilangizdagilar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, boshi berk ko‘chaga kirib qolsangiz, qalbingizga quloq tuting.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Yetishingiz mumkin bo‘lmagan cho‘qqilar sari talpinishni bas qiling. Bu sizni ham moddiy, ham ma’naviy yo‘qotishlarga duchor etishi mumkin
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Salomatligingizni mustahkam tortishi uchun asosan ovqatlanish rejimi va me’yorga e’tibor qaratishingiz kerak.
Baliq (20.02 — 20.03)
Janjalli, xafagarchiliklardan iborat lahzalar ko‘zga tashlanmaydi. Oilasizlar romantik tanishuvlarni boshdan kechirishadi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


