Buxoro yangiliklari

Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov markaziy ko‘chalarda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Kuni kecha Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov ayni damda shaharda infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Bahouddin Naqshband ko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining borishini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida yo‘l qurilishi, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, ko‘cha yoritish tizimini yangilash hamda yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joyida ko‘zdan kechirildi.

pic 01

Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan landshaft dizayni asosidagi obodonlashtirish ishlari va atrof-muhitni yanada jozibador qilishga qaratilgan loyihalar ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Mas’ul mutasaddilarga obodonlashtirish ishlarining sifati, shaharsozlik talablari va arxitektura me’yorlariga rioya qilish masalalariga qat’iy yondashish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan birga, hududning sanitariya holatini yaxshilash, piyodalar va haydovchilar uchun xavfsiz muhit yaratish hamda aholiga qulay infratuzilma barpo etish vazifalari ham ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

Qurbon Tursunov Buxoroisharif.uz nashriga ma’lum qilishicha, olib borilayotgan obodonlashtirish va yangilanish ishlari shaharning zamonaviy qiyofasini shakllantirish hamda fuqarolar uchun yanada qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.

pic 04

So‘nggi yillarda Buxoro shahrida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Markaziy ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari va jamoat maskanlarini obodonlashtirish orqali shahar infratuzilmasi bosqichma-bosqich yangilanib bormoqda. Bu esa mahalliy aholi va sayyohlar uchun yanada qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Mutasaddilarning fikricha, ko‘cha infratuzilmasini modernizatsiya qilish nafaqat shahar ko‘rinishini yaxshilaydi, balki yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va hozirda Buxoro shahrida kuzatilayotgan tirbandliklarni oldini olish, transport qatnovini tartibga solishga ham yordam beradi. Shu bois piyodalar yo‘laklari, yoritish tizimlari va ko‘kalamzorlashtirish ishlari alohida e’tibor bilan amalga oshirilmoqda.

pic 02

Kelgusida ham Buxoro shahrining markaziy hududlari va yangi rivojlanayotgan mavzelarida shunday obodonlashtirish loyihalarini davom ettirish rejalashtirilgan. Bu tashabbuslar ko‘hna Buxoroning tarixiy muhitini saqlagan holda, uni zamonaviy va yashash uchun yanada qulay shaharga aylantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.